“Arsenal” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang Gabon termasiga qaytishi mumkin. Bu haqida terma jamoa rahbari Patris Neve ma’lum qildi.
“Biz dam olish kunida Parijda u bilan uchrashdik. Hammasi juda yaxshi o‘tdi. Pyer-Emerik uni rejalarimizga kiritishga ruhsat berdi”, -deydi Neve.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Obameyang federasiyaning futbolchilarga bo‘lgan munosabati tufayli terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi.