Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Sport kurashlari assosiasiyasi MOQda hisobot topshirdi

Sport kurashlari assosiasiyasi MOQda hisobot topshirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Qozog‘istonning Nur-Sultan shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionati terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlanganidan xabaringiz bor. Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida sport kurashlari assosiasiyasi bilan jahon chempionati yakuni va oldindani rejalarga bag‘ishlangan hisobot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov olib bordi.

Hisobot Nur-Sultan shahridagi jahon chempionati orqali Tokio Olimpiadasiga lisenziya olgan sporchtilarimizni taqdirlash bilan boshlandi. Belgilab qo‘yilganidek, lisenziya qo‘lga kiritgan sporchtilarimiz 100 million, ularning murabbiylari esa 50 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Yig‘ilishda assosiasiya Bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev Tokio Olimpiadasiga lisenziya qo‘lga kiritgan kurashchilarimizni Olimpiadaga tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqilayotgan dastur bilan tanishtirib o‘tdi. Shuningdek, dunyo birinchiligida yo‘llanma ololmagan vakillarimizning kelasi yili Olimpiadaga lisenziya beradigan kvalifikasion musobaqalarga puxta tayyorlash dasturi ham ko‘rib chiqildi. O‘z navbatida Rustam Shoabdurahmonov terma jamoamiz vakillari uchun tayyorgarlik jarayonida kamchilik va muammolar yuzaga kelgudek bo‘lsa, Milliy olimpiya qo‘mitasi doimo yordam berishga tayyor ekanini bildirib o‘tdi.

Hisobot davomida terma jamoamiz vakillarining oldinda turgan yirik startlarga tayyogarligi atroflicha muhokama qilindi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:21, 27.09.2019.
O'qildi: 2204 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик