Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Messi "Oltin to‘p"ni oladimi?

Messi "Oltin to‘p"ni oladimi?

Baho:
+ | -

Yaqindagina “The Best” sovrinini qo‘lga kiritgan Leo Messi aynan shu sovrin sababli “Oltin to‘p”dan quruq qolishi mumkin. Mutaxassislarning xabar berishicha, argentinalik bu mavsumda“oltin to‘p”siz qoladi.

23-sentyabr sanasida Milan shaxrida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida eng yaxshi futbolchi deb topilgan Messi 46 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarni Virjil van Deyk (38)  va Krishtiyanu Ronaldu (36) egalladi.

Ushbu so‘rovnoma natijalaridan so‘ng, futbol ommasi shok xolatiga tushib qoldi. Ko‘plab mutaxassislarning fikricha, bu sovringa Virjil hammadan ko‘ra ko‘proq xaqli edi. Xatto uning o‘yinlarini shaxsan Ronalduning o‘zi alohida qayd etib o‘tdi.

Eng qizig‘i shundaki, Ronaldu o‘z so‘zlarini amalda ham ko‘rsatdi va Virjilga ovoz berdi. Bundan avval portugaliyalik 2 bor ushbu sovrin uchun bahsda ishtirok etgan bo‘lsada, biror marotaba Messiga ovoz bermagan edi.

 

Oradan bir necha kun o‘tib ushbu so‘rovnoma haqida janjal paydo bo‘lishni boshladi. Ayniqsa kecha ushbu muammo jiddiy tus oldi. Endilikda buni chinakam janjal desa, bo‘ladi. Achinarlisi shundaki, bunday xolatlar va FIFA tarixida birinchi marotaba amalga oshmayapti. So‘rovnomada ishtirok etgan insonlarning aksariyati buni oshkor etmagan bo‘lsada, Nikaragua terma jamoasi sardori Xuan Barrera birinchilardan bo‘lib hammasini fosh etdi.

“Men Messiga ovoz bermagan edim. Keyin sardorlar tomonidan kimga ovoz berilgani haqidagi ro‘yaxatni ko‘rib xayon bo‘lib qoldim. Unda menin nomim va Messiga ovoz berganim haqidagi ma’lumot bor edi. FIFA mening elektron pochtamga so‘rovnomani yuborganini aytmoqda, aslida men hech kimdan hech qanday xat olganim yo‘q. Istasam ham ovoz bera olmas edim. Agarda ovoz berish huquqimdan foydalana olmasam, nega Messiga ovoz berishim kerak?”

Butun futbol hamjamiyati Xuan Barrerani yolg‘onchilikda ayblagan bo‘lsada, muammo bu bilan yakuniga yetgani yo‘q. Qaytanga yanada kattalashmoqda!

Barreraning so‘zlari shubhali ko‘ringan bo‘lsada, Sudan terma jamoasi bosh murabbiyi Zdravko Logarushich FIFAning soxta so‘rovnoma o‘tkazishini isbotlab berishga muvaffaq bo‘ldi. FIFAning ma’lum qilishicha, 53 yoshlik murabbiy o‘z ovozini Leo Messi, Virjil van Deyk va Sadio Manega bergan. Xorvatiyalik murabbiy o‘zi ovoz bergan futbolchilarning nomi tushurilgan qog‘ozni esdalik uchun rasmga olgan ekan.

Murabbiyning olgan suratida yuqorida nomi zikr qilingan futbolchilardan birortasi yo‘q bo‘lib, birinchi o‘rin Muhammad Salohga nasib etishi kerak edi.

Ushbu hodisadan so‘ng, FIFA barchasiga izoh berishi talab etiladi. Butun futbol olami ularni shaxsiy sovrinlar uchun so‘rovnomalarni qalbakilashtirishda ayblamoqda. Bunday xodisa 2015-yilda ham barchaning ye’tiborini tortgan va o‘sha yili Messi qo‘lga kiritgan “oltin to‘p” haqida uzoq bahs-munozaralar bo‘lgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa , ajab yemas.

“Oltin to‘p”ning taqdiri

Ushbu sovrin uchun so‘rovnomalar yakuni ko‘pchilikka kutilmagan natijani taqdim etishi mumkin. Boshqa tomondan olib qaralsa, haqli yakun desak, adashmagan bo‘lamiz. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgan 28 yoshlik Virjil van Deyk YECHLda g‘alaba qozonibgina qolmay, APLning eng yaxshi futbolchisi deb ’’tirof etildi.

Shu o‘rinda qiziqarli ma’lumot. “The Best” sovrini uchun bo‘lib o‘tgan so‘rovnomada jurnalistlarning deyarli yarmi Virjil van Deyk uchun ovoz bergan. Messi hisob kitoblarga qaraganda, murabbiy va jamoa sardorlari tomonidan berilgan ovozlar evazigagina g‘oliblikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. “Oltin to‘p” sovrini “The Best”dan farqli o‘laroq “France Football” nashri tomonidan jurnalistlar o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijalari hal etishini inobatga olsak, katta ehtimol bilan gollandiyalik himoyachi o‘z hayotidagi eng muhim sovringa ega chiqishi mumkin.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:00, 28.09.2019.
O'qildi: 12702 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.