Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

AGMK — "Nasaf" to‘qnashuvi oldidan (prevyu)

AGMK — "Nasaf" to‘qnashuvi oldidan (prevyu)

Baho:
+ | -

Superliganing navbatdagi uchrashuvini Qarshining "Nasaf" jamoasiga qarshi o‘tkazamiz.

O‘zbekiston chempionati doirasida 2008 yildan buyon davom etayotgan qarama-qarshilikda 26-to‘qnashuv.

Hozirga qadar o‘tkazilgan 25 uchrashuvda jamoamiz 3 g‘alaba, 9 durang va 13 mag‘lubiyat qayd etgan. Bu borada ustunlik raqib - "Nasaf" tarafida. To‘plar nisbati ham qarshiliklar foydasida: 21-40.

Ayni paytda jamoalar chempionatda turli o‘rinlarni egallab turishibdi. AGMK yakunlangan 20-turdan keyin 19 ochko bilan 11-o‘rinni band etib turgan bo‘lsa, "Nasaf" 28 ochko to‘plagan holda 6-o‘rinda bormoqda.

Mazkur turda Olmaliqda o‘zaro to‘qnash keladigan mazkur jamoalar o‘tgan turni muvaffaqiyatsiz o‘tkazishdi. AGMK Termizda "Surxon"ga (1:0) mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, "Nasaf" Qarshida "Buxoro"ga (2:1) yutqazib qo‘ydi.

Bu jamoalar o‘tgan hafta O‘zbekiston kubogi yarim finalida o‘yin o‘tkazishdi. Jamoamiz uyda "Bunyodkor"ni qabul qilgan bo‘lsa, "Nasaf" Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo‘ldi.

AGMK "Bunyodkor" bilan o‘yinda ishonchli g‘alabani tantana qilib, qatorasiga ikkinchi yili finalga chiqqan bo‘lsa, "Nasaf" jangovor o‘tgan bahsda "Paxtakor"ga (2:1) imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o‘tamiz, AGMK va "Nasaf" o‘rtasidagi Qarshida o‘tgan birinchi davra o‘yinida qarshiliklar (4:0) g‘alaba qozonishgandi.

Olmaliqda kechadigan bo‘lajak uchrashuvni boshqarib borish mas’uliyati yosh hakam Asker Najafaliyevga topshirildi. Ushbu hakam joriy mavsum hisobidan ikkinchi bor Olmaliqqa jamoamiz ishtirokidagi o‘yinni boshqarib borish uchun tashrif buyurmoqda. Bunga qadar birinchi davra doirasidagi "So‘g‘diyona"ga qarshi bahsda ishlagandi Najafaliyev. O‘shanda jamoamiz kichik hisobda mag‘lubiyatga uchragan. Shuningdek, Najafaliyev "Nasaf" ishtirokidagi Qarshida "Loko"ga qarshi kechgan bellashuvda ham ishlagan va unda qarshiliklar ham mag‘lubiyatga uchrashgan.

AGMK — "Nasaf" o‘rtasidagi Superliganing 21-turidan o‘rin olgan qiziqarli o‘yin 30 sentyabr kuni Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 18:15da boshlanadi.

Superliga, 21-tur.
30 sentyabr, dushanba.
AGMK – NASAF (18:15)
Hakamlar: Asker Najafaliyev (Toshkent), Rasuljon Fozilov (Namangan), Maksim Nexochin (Toshkent), Abdurashid Xudoyberganov (Toshkent)
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov (Farg‘ona)
Komissar: Oybek Yunusov

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 11:03, 29.09.2019.
O'qildi: 2324 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик