Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

“Markaziy Osiyo shaxmat festivali” yakunlandi

“Markaziy Osiyo shaxmat festivali” yakunlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 20-29 sentyabr kunlari Toshkent shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “MARKAZIY OSIYO SHAXMAT FESTIVALI” bo‘lib o‘tdi. Mazkur chempionat RosAtom, FIDE va O‘zbekiston Respublikasi hukumati ko‘magida tashkil qilinib, O‘zbekiston Shaxmat Federasiyasi tomonidan tashkil qilinmdi.

“MARKAZIY OSIYO SHAXMAT FESTIVALI” doirasida 3 turnir bo‘lib o‘tdi. Asosiy musobaqa bu 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati. Bundan tashqari, rapid(tezkor shaxmat) bo‘yicha uch guruhda va maktab o‘quvchilari o‘rtasida musobaqa hamda FIDE arbitlari uchun xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Federasiyalarni rivojlantirish dasturi bo‘yicha, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston shaxmat federasiyalariga o‘z davlatlarida turnirlarni tashkillashtirishlari uchun 20 ta shaxmat soatlari taqdim etiladi.

Musobaqada 6 mamlakatdan – Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Afg‘oniston va O‘zbekistondan umumiy 200 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishdi.

O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mukofot jamg‘armasi 12.000 yevro bo‘lgan festivalda, standart yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan o‘g‘il bolalarga 3000 yevro, qiz bolalarga esa 1500 yevro pul mukofoti berildi.

Qizlar o‘rtasidagi g‘oliblar:
1. Yakubbayeva Nilufar (O‘zbekiston) 1500 yevro
2. Balabayeva Xeniya (Qozog‘iston) 700 yevro
3. Saparova Sitora (O‘zbekiston) 500 yevro
4. Salimova Asal (O‘zbekiston) 400 yevro
5. Abdusattorova Bahora (O‘zbekiston) 200 yevro
6. Omonova Umida (O‘zbekiston) 100 yevro

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi g‘oliblar:
1. Abdusattorov Nodirbek (O‘zbekiston) 3000 yevro
2. Yakubbayev Nodirbek (O‘zbekiston) 2000 yevro
3. Saydaliyev Saidakbar (O‘zbekiston) 800 yevro
4. Vohidov Shamsiddin (O‘zbekiston) 700 yevro
5. Sindarov Javoxir (O‘zbekiston) 600 yevro
6. Atabayev Saparmurod (Turkmaniston) 500 yevro
7. Agmanov Jandos (Qozoqiston) 400 yevro
8. Nurmamedov Azat (Turkmaniston) 300 yevro
9. Kasimov Ali (O‘zbekiston) 200 yevro
10. Isomov Umar (O‘zbekiston) 100 yevro

Ushbu turnir FIDE, O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi bilan RosAtom hamkorligidigai ilk turnir.

Manba: www.uzchess.uz
Kiritildi: 13:55, 30.09.2019.
O'qildi: 2171 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.