Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Osiyo chim ustida xokkey federasiyasi delegasiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Osiyo chim ustida xokkey federasiyasi delegasiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

26-30 sentyabr kunlari Osiyo chim ustida xokkey federasiyasining ijrochi direktori Moxammed Tayab Ikram boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad O‘zbekistonda chim ustida xokkey sport turini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqishdir.

Tashrif chog‘ida Tayab Ikram bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov bilan uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatda chim ustida xokkey maydonlarini barpo etish va bir qator masalalar yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi.

27-28 sentyabr kunlari O‘zbekiston chim ustida xokkey federasiyasi raisi Bahodir Ahmedov boshchiligida Osiyo chim ustida xokkey federasiyasining delegasiyasi Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Delegasiya u yerda barpo etilyotgan sun’iy qoplamali maydon qurilishi ishlari bilan tanishdi.

29 sentyabr kuni poytaxtimizdagi Olimpiya shon shuxrati muzeyida O‘zbekiston va Osiyo chim ustida xokkey federasiyasi vakillari bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Tayab Ikram so‘zga chiqib, samimiy qabul uchun minnatdorchiligini bildirib o‘tdi va Bahodir Ahmedovni Markaziy Osiyo chim ustida xokkey federasiyasining direktori etib tayinlanganligi ma’lum qildi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizda mazkur sport turini rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi.

Uchrashuv so‘ngida Osiyo va O‘zbekiston chim ustida xokkey federasiyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumga muvofiq, Osiyo chim ustida xokkey federasiyasi yurtimizda ko‘plab sport maydonlarini barpo etish, chim ustida xokkey sport turnini yanada rivojlantirish doirasida izchil hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:40, 30.09.2019.
O'qildi: 7823 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.