Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Yuventus» va Ronalduning tinchini buzgan Kontening siri nimada?

«Yuventus» va Ronalduning tinchini buzgan Kontening siri nimada?

Baho:
+ | -

Italiyada bu yil shiddatli kurash kechadi. Turinning «Yuventus» klubi har galgidek nisbatan osonroq tarzda chempion bo‘ladiganga o‘xshamayapti. Boisi, endi turinliklarning jiddiy raqibi ikkitaga yetdi. O‘tgan mavsumda Anchelotti boshchiligidagi «Napoli» qarshilik qilgan bo‘lsa, endi «Inter» jiddiy kurashga kirishdi. Milan klubini esa ayni damda kim boshqarayotganini bilasiz — Antonio Konte.

Kontening qanchalik tajribali ekanligiga terma jamoani boshqargan davridayoq bilganmiz. Bu murabbiy tartibni sevadigan, futbolchilarni bir chiziq atrofida birlashtira oladigan mutaxassis. Aynan shu jihati «Inter»ga juda qo‘l keldi.

O‘ylab qaralsa, italiyalik mutaxassis yangi jamoada inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirgani yo‘q. To‘g‘ri, jamoaning necha yillik yetakchi hujumchisi Mauro Ikardi ketdi, aynan Konte uning ketishini xohladi. Sababi bitta yaramas buzoq butun bir podani buzadi, degan gap ayni topib aytilgan gap.

Konte «Inter»ga kelgan zahoti jamoada qandaydir ichki norozilik, ichki ziddiyat borligini sezdi, klubga esa xotirjamlik kerak edi. Antonio esa bunda Mauro Ikardi va uning atrofidagi mojarolar sabab deb bildi. Shu bois qanchalik tajribali bo‘lmasin, Ikardini jamoadan ketkazdi. Bu to‘g‘ri qaror edi. Chunki, masalan, siz ishlayotgan ishxonadagi biror-bir xodimning xarakteri og‘irroq bo‘lsa yoki qandaydir jirkanch ishga qo‘l urgan bo‘lsa, ishi qanchalik puxta bo‘lmasin, uning ketishini istab qolasiz. Bundaylar qaysidir ma’noda jamoani ikkiga bo‘lib qo‘yadi: tarafdorlari va unga qarshilar. «Inter»da ham katta ehtimol bilan ana shunday holatga sababchi bo‘lgandi Ikardi. Konte esa undan voz kechib, o‘rniga Aleksis Sanches va Romelu Lukakuni olib keldiki, muxlislar unga «Bizda endi hujumchi yo‘q», deya e’tiroz bildira olmaydigan bo‘lishdi.

Bugungi «Inter»ning o‘yinida tartib shundoqqina sezilib turibdi. Antonio Konte tezkorlik va aniq uzatmalarga e’tibor qaratmoqda. Aslida, italiyalik mutaxassislar himoyaviy va tartibli o‘yinni xo‘sh ko‘rishadi, Konte esa bundan mustasno. Ehtimol, oldinga turgan «Barselona»ga qarshi YECHL o‘yinida «Inter» himoyaviy o‘yin ko‘rsatar, agar shunday bo‘lsa, bu majburiy taktika asosida amalga oshirilgan ish deb baholanadi. Chunki «Barselona»ga qarshi hujumkor o‘ynash qiyinroq.

Jamoada deyarli hamma narsa bosh murabbiyga bog‘liq ekanligi, ayniqsa, natijalarga faqat bosh murabbiy asosiy javobgar ekanligi Konte misolida ko‘rinmoqda. Rosti, Antonio «Inter»ni qabul qilib olganida «Qanchalik moslashib ketarkin?» degan savol tug‘ilgandi. Ammo mantiqan o‘ylab qaralsa, Kontening moslashib ketmasligi mumkin emas, u italiyalik, Italiya futbolida uzoq yil ishlagan, «Inter» ham italyan klubi. Eng qizig‘i, Konte endi sobiq jamoasi — «Yuventus»ni chempionlikdan mahrum qilishga intiladi. U Turin klubining nimalarga qodirligini taxminan biladi.

Yurtimizda uzoq yillik tarixga va shonli o‘tmishga ega bo‘lgan «Inter»ning muxlislari yetarlicha topiladi. Biz esa ana shu muxlislar uchun «Inter»ga omad tilab qolamiz.

 

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:40, 01.10.2019.
O'qildi: 11453 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.