"Milan" darvozaboni Janluidji Donnarumma jamoa bilan yangi shartnoma imzolashni istamayapti. Bu haqda Corriere dello Sport xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, "rossoneri" rahbariyati futbolchining maoshini 6 million yevro yetkazmoqchi edi, ammo posbon bunga rad javobini berdi.
20 yoshli Donnarumma "Milan" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U shu paytgacha milanliklar safida barcha musobaqalar doirasida 170ta o‘yinda maydonga tushib, 174ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan.