Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Zlatan Ibrahimovichning o‘tkir iqtiboslari

Zlatan Ibrahimovichning o‘tkir iqtiboslari

Baho:
+ | -

O‘zining qiziqqonligi va o‘tkir so‘zlari bilan jurnalistlarning e’tiborini tortishni yoqtiradigan Zlatan  futbolchilik faoliyati davomida ko‘plab shov-shuvli iqtiboslarning egasiga aylangan desak, adashmagan bo‘lamiz. Bugun shvesiyalik futbol afsonasi tomonidan yangragan eng mashxur iqtiboslarni yodga olamiz.

Menga doim Messidan futbolchilik borasida ortda qolishimni aytishadi.  To‘g‘ri,  unda 4 ta “oltin to‘p” mavjud,  lekin men o‘zim uchun avtomatdan shokolad sotib olmoqchi bo‘lsam,  ba’zilar singari stuldan foydalanmayman.
 

Hammasi tushunarli.   Leo shuncha yil davomida Ronaldu bilan emas,  Florentina Perez bilan raqobatlashgan ekan

PSJ jamoas bilan shartnoma imzolangan futbolchidan klub jurnalisti o‘zingiz uchun uy qidiryapsizmi deb savol berganida,  Ibra quyidagicha javob qaytargan edi:

“Hozircha mehmonhonada istiqomat qilyapmiz.  O‘zimizga ma’qul keluvchi uy tanlaganimzcha yo‘q.  Agarda,  ana shunday uy topa olmasak,  oilam bilan yashayotgan mehmonhonani sotib olmoqchiman”

2015-yilda Ibrahimovichdan “oltin to‘p”ga kim haqli? Messi,  Ronaldu yoki Riberi? Deb savol berilganida,  qahramonimiz quyidagicha javob qaytargan edi:  

“Menimcha “oltin to‘p”ni Santa-Klausga berish kerak!  U hammasidan loyiqroq”

“Men Kataloniyada Shvesiya qiroli bilan tushlik qilgan kunimni eslasam kulgim qistaydi.  O‘sha uchrashuvda men o‘zimni juda yomon tutgan va janobi oliylariga sen deb murojat qilgan edim. ”

“Bir kuni Gvardiola mening g‘azabimni qo‘zg‘atdi.  Ochig‘I chiday olmadim.  O‘sha paytda u menga chinakam taqirbosh dushmandek ko‘rinib ketdi.  O‘sha lahzada uning sha’niga juda ko‘p qo‘pol so‘zlarni aytdim.  shu qadar g‘azab bilan so‘zladim.  Ochig‘i uning o‘rnida bo‘lganimda shimimni rasvo qilib qo‘ygan bo‘lar edim. ”



“Biz Balotelli bilan birgalikda “Inter”da to‘p surgan chog‘larimizda,  u doimmo mendan iqtidorliroq ekanligini aytganida hazillashyapti deb o‘ylagan edim.  Keyinchalik bilsam,  u xazillashmagan ekan.  To‘g‘ri,  ikkimizning o‘xshash tomonlarimiz mavjud.  Men ham u kabi o‘yin-kulguni yoqtiraman,  lekin buning uchun o‘z uyimni yoqib yubormayman”

“Men o‘zimni hech qaysi futbolchi bilan solishtira olmayman,  sababi Zlatan atigi bir dona”

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:48, 02.10.2019.
O'qildi: 5864 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.