Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekistonlik shaxmatchilar yana jaxon chempionatida

O‘zbekistonlik shaxmatchilar yana jaxon chempionatida

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 1-13 oktyabr kunlari Hindistonning Mumbai shahrida 14,16 va 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati start oldi. Musobaqalar besh yulduzli mehmonxonalar Renaissance Hotel va Convention Centre Mumbai mehmonxonalarida bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Shaxmat federasiyasining xabariga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan kategoriyada Madaminov Muhiddin va ayollar o‘rtasida FIDE toifasidagi sport ustasi Omonova Umida, 16 yoshgacha bo‘lganlar kategoriyasida Sulaymonov Elbek hamda 18 yoshlilari kategoriyasida Namozova Xolida O‘zbekiston sharafini himoya qilishmoqda.

Jahon chempionati ishtirokchilar O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi ko‘magida yuborildi.

Chempionat g‘olib va sovrindorlari xalqaro grossmeyster, xalqaro toifadagi sport ustasi va FIDE sport ustasi singari xalqaro unvonlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Musobaqada o‘yin vaqtini nazorat qilib borish uchun elektron soatlardan foydalanildi.
Jahon chempionatida qatnashayotgan shaxmatchilarimizga zafarlar tilab qolamiz.

Manba: www.uzchess.uz
Kiritildi: 15:29, 03.10.2019.
O'qildi: 3486 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик