Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya 0-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

MOQda o‘q otish sporti va og‘ir atletika federasiyalarining hisoboti tinglandi

MOQda o‘q otish sporti va og‘ir atletika federasiyalarining hisoboti tinglandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston terma jamoasi vakillarini kelasi yili bo‘lib o‘tadigan Tokio Olimpiadasiga puxta tayyorlash yuzasidan har bir federasiya va assosiasiyalarning hisoboti tinglanmoqda. Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston o‘q otish sporti va og‘ir atletika federasiyalarining Olimpiya o‘yinlariga olib borayotgan tayyorgarligi yuzasidan hisoboti tinglandi. Federasiya mutasaddilarining hisobotini shaxsan MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov qabul qildi.

O‘q otish sporti bo‘yicha vakillarimizning qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan lisenziyalari shu yilning o‘zida aniq bo‘ladi. Noyabr oyida Qatar poytaxtida o‘tadigan Osiyo chempionati Tokio Olimpiadasiga vakillarimiz lisenziya qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan so‘nggi lisenzion musobaqa hisoblanadi. Shu bois ushbu turnirga vakillarimizni yuqori saviyada tayyorlash talab etilmoqda. Suhbat davomida merganlarimizning mashg‘ulotdagi ko‘rsatkichlari mazkur Osiyo chempionatida qanday natija berishi mumkinligi borasida chuqur va atroflicha muhokama qilib borildi.

Shuningdek, O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov boshchiligidagi delegasiya ham og‘ir atletika bo‘yicha federasiyada olib borilayotgan ishlar, sportchilarimizning natijalari bo‘yicha o‘z tahlillarini o‘qib eshittirdi. Reglamentga ko‘ra, og‘ir atletika sportida Olimpiada yo‘llanmalari reyting asosida taqsimlanadi, shuningdek, jahon chempionatida kuchli sakkiztalikdan joy olgan sportchilar Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini naqd qilishi mumkin. Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi esa terma jamoalarga chegaralangan kvotalar taqdim qilgan. Bu borada hamyurtlarimizga maksimum 4 ta lisenziya ajratilgan. Pattayyada 3 nafar vakilimiz shohsupaga ko‘tarilganidan xabaringiz bor. Bu bilan ularda yo‘llanma naqd ham deyish mumkin. Ammo kelasi yilning Aprel oyi so‘ngida e’lon qilinadigan reyting jadvali bo‘yicha yana boshqa sportchilarimiz ham lisenzion yo‘llanmani qo‘lga kiritish ehtimollari ham yo‘q emas.

Suhbat davomida ajratilgan yana bir yo‘llanmaga da’vogar sportchilarimizning reytingdagi holati, qolaversa, jahon chempionati sovrindorlarining keyingi musobaqalarga tayyorgarlik bosqichlari xususida ishlab chiqilgan dastur muhokama qilindi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:38, 04.10.2019.
O'qildi: 1849 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.