Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

La liga. «Granada» «Real»ni xavotirga soldi, 3 ochko «Bernabeu»da qoldi

La liga. «Granada» «Real»ni xavotirga soldi, 3 ochko «Bernabeu»da qoldi

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 8-turida ayni paytda peshqadam bo‘lib turgan "Real" va "Granada" klublari o‘zaro to‘qnash kelishdi.

O‘yin 1:0 hisobi bilan boshlandi. Boisi, bahsning 2-daqiqasida Beylning aniq uzatmasidan keyin Benzema yaqin masofadan zarba berib, hisobni ochdi.

Mazkur "zarba" mehmonlar uchun ancha sezilarli bo‘ldi shekilli, ular birinchi bo‘lim "Qirollik klubi" darvozasi oldida xavfli vaziyat yarata olishmadi. Aksincha, bo‘lim tugashi arafasida mezbonlar hisobdagi farqni oshirishdi. Federiko Valverdening sa’y-harakatlaridan so‘ng Eden Azar kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. Bu belgiyalik futbolchining Ispaniya chempionatidagi dastlabki goli bo‘ldi.

"Madrid"ning uchinchi golida ham Valverde muhim vazifani bajardi. U yon chiziqda to‘pni maydonda saqlab qolib, hujumga asos soldi. Azardan uzatma qabul qilgan Modrich 26 metrlardan kuchli zarba berib, "to‘qqizlik"ni nishonga oldi.

Bu paytda o‘yinning 61-daqiqasi o‘tib borayotgan va barchasi hal bo‘lgandek edi. Ammo oradan ko‘p o‘tmasdan Areola xatoga yo‘l qo‘ydi. U himoyachidan to‘pni qabul qilib, tepib yubormoqchi bo‘lganida, hujumchi yetib kelib to‘pga oyoq uzatdi. Darvozabon esa Karlos Fernandesning oyog‘idan tepib yubordi. Penalti va sariq kartochka. David Machis aniq zarba bilan "Granada"ning dastlabki golini urdi.

Uchrashuvning 77-daqiqasiga kelib mehmonlar ikkinchi to‘pni "Real" darvozasiga kiritishdi. Burchak zarbasi amalga oshirilganidan keyin Duarte darvozani zabt etdi — 3:2.

O‘tkazib yuborilgan 2ta goldan keyin Zidan jamoasi darhol xushyor tortdi va yana hujumlar tashkil qila boshladi. Benzema birinchi golning "nusxasi"ni takrorlashi mumkin edi. Bu safar "Granada" posboni seyv namoyish qildi.

Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa "Real" qarshi hujum tashkil qilib, raqibni jazoladi. Odriosolaning uzatmasidan keyin Xames Rodriges darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, madridliklar oson bo‘lmagan g‘alabani qo‘lga kiritishdi va La ligada peshqadamlikni davom ettirishadi.

La liga, 8-tur
REAL MADRID – GRANADA - 4:2 (2:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 2 Benzema, 2:0 – 45 Azar, 3:0 – 61 Modrich, 3:1 – 69, penalti Machis, 3:2 – 77 Duarte, 4:2 – 90 Xames.
Real Madrid – Areolya, Ramos, Karvaxal, Varan, Odriosola, Valverde, Kazemiro, Beyl (Xames, 83), Kroos (Modrich, 34), Azar (Isko, 69), Benzema.
Granada – Ruy Silva, Duarte, Neva, Dias, Xerman Sanches, Aziz (Vadilyo, 51), Montoro (Gonalon, 6), Puertas, Errera, Machis, Soldado (Fernandes, 64).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (43), Karvaxal (54), Xerman Sanches (54), Soldado (56), Areolya (68), Errera (72), Duarte (73), Puertas (81), Xames (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:55, 05.10.2019.
O'qildi: 5198 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.