"Tottenhem" darvozaboni Ugo Lyorisning APL 8-turidan o‘rin olgan "Brayton"ga (0:3) qarshi bahsda olgan jarohati og‘ir emasligi ma’lum bo‘ldi.
Fransiya matbuoti xabariga ko‘ra, futbolchining qo‘li sinmagan va u bugun shifoxonadan uyiga ketishga ruxsat oladi.
Eslatib o‘tamiz, Lyoris "Brayton"ga qarshi o‘yinning 3-daqiqasida to‘pni qaytaraman deb noqulay tarzda yiqilgan va gol o‘tkazib yuborgan edi. Shundan so‘ng u kislorod maskasi taqilgan holda, zambilda maydondan olib chiqildi va almashtirildi.