Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» Kerrikka yangi shartnoma taklif qildi - Tafsilotlar

«Manchester Yunayted» Kerrikka yangi shartnoma taklif qildi - Tafsilotlar

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» jamoa vaqtinchalik bosh murabbiyi Maykl Kerrikka doimiy shartnomaning dastlabki variantini taklif qildi. Bu haqda nufuzli The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yangi kelishuv 2 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, uni yana bir mavsumga — 2029 yilga qadar uzaytirish bandi ham mavjud.

Muzokaralar klub sovladori ser Jim Retkliffning ijroiya qo‘mita yig‘ilishidagi roziligidan so‘ng boshlangan. Ushbu yig‘ilishda bosh direktor Omar Berrada va sport direktori Jeyson Uilkoks Kerrikni doimiy bosh murabbiy etib tayinlashni tavsiya qilgan edi.

Garchi hali hal qilinishi kerak bo‘lgan mayda detallar ko‘p bo‘lsa-da, tomonlar yakshanba kuni «Nottingem Forest»ga qarshi kechadigan mavsumning so‘nggi uy uchrashuviga qadar yakuniy qarorga kelishi kutilmoqda. Klub rahbariyati Kerrik mavsumni xotirjam yakunlashini va muxlislar keyingi mavsumda jamoani kim boshqarishini oldindan bilishlarini istamoqda.

Shuningdek, Maykl Kerrikning amaldagi murabbiylar shtabi o‘z joyida qoladi. Bundan tashqari, «Yunayted» shtabga standart vaziyatlar bo‘yicha alohida murabbiy jalb etishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 17:52, 15.05.2026.
O'qildi: 1845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик