Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Yana mag‘lubiyat: “MYU”ning bori shumi?

Yana mag‘lubiyat: “MYU”ning bori shumi?

Baho:
+ | -

Hozirgina APLning navbatdagi turida “Manchester Yunayted” “Nyukasl”ga imkoniyatni boy berdi. “Qizil iblislar” navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Eng yomoni, jamoa shunchaki hech narsa qila olmadi.

TAKTIKA “0”

Aftidan, Sulsherning tajribasizligi pand berayotganga o‘xshamoqda. Chunki bugungi o‘yinda umuman taktika ko‘rinmadi. Shunchaki bir-biriga to‘p uzatib, vaziyatga qarab tavakkal o‘ynashni esa futbolni kechagina o‘rgangan futbolchilar ham qila olishadi. “MYU”da esa salkam professionallar o‘ynamoqda. To‘g‘ri, jamoada avlodlar almashinuvi ro‘y beryapti, tarkibda yoshlar ko‘p, ammo bu taktika bo‘lmasligi kerak, degani emas-ku. Sulsher mashg‘ulot davomida futbolchilarga taktika o‘rgatmasmikin? Yoki futbolchilar shunchalik noshudmi? Nima bo‘lganda ham, “MYU”ning hozirgi o‘yini terma jamoamizning Falastinga qarshi o‘yiniga o‘xshab ketdi, na ma’no bor, na shiddat.

NOSHUDLAR KO‘P

Qo‘pol qilib aytganda, “Manchester Yunayted”da klubga nomunosiblar ko‘paygan. Eng qizig‘i, ular o‘z ustida ishlashmaydi ham, shekilli. Masalan, Fred. Braziliyalik futbolchi anchadan beri “MYU” safida. Lekin o‘yinida rivojlanish yo‘q. Vaholanki, u shu paytga qadar juda ko‘p bor tanqid ostida qoldi, vaziyatga mantiqan yondashsak, Fred o‘z ustida ishlab, nimalarga qodir ekanligini muxlislarga isbotlashi kerak edi. Ammo bugungi o‘yinda yana bir bor amin bo‘ldikki, braziliyalik futbolchining bori shu. Tinchgina undan voz kechish kerak.

“Manchester Yunayted”ning himoyachi juda ojiz. Ayniqsa, bugun gol o‘tkazib yuborilgan vaziyatda zarbani qaytarish Maguayrning vazifasi edi. Ammo u ham to‘pni o‘tkazib yubordi, ham De Xeani chalg‘itdi. Qolaversa, Dalot va Roxo kabi himoyachilar “MYU” tarkibida o‘ynashga loyiq emas.

HUJUM CHIZIG‘I ANCHA QASHSHOQ

Lukaku va Sanchesni sotib yuborgan jamoa ularning o‘rnini to‘ldirmadi va bu yaqqol sezilyapti. Markos  Reshford esa hozircha hech narsani qoyillatmayapti. Bugun jamoa, asosan, ikkinchi qavatdan jarima maydonchasiga to‘p uzatib berish bilan band bo‘ldi, ammo havodan bosh bilan zarba beradigan hujumchi yo‘q. Ya’ni Lukakuning vazifasini bajaradigan futbolchi yo‘q jamoada. Oqibatda belgiyalik hujumchining o‘rni juda bilinyapti.

Sulsherning o‘zini tutishi, holatidan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ayni damda jamoaning bori shu, Sulsherning o‘ylab qo‘ygan taktikasi yo‘q, har holda u shogirdlari   o‘zining muhim topshirig‘ini bajara olmayotgan murabbiyga o‘xshamadi. Aksincha, u aytilgan ish qilingan, ammo samara yo‘q. Sulsherning nigohlarida ojizlikni, chorasizlikni ko‘rgandek bo‘ldim. Bu esa murabbiy va klub uchun eng yomon holatdir.

ENDI NIMA BO‘LADI?

Agar tezda chora ko‘rilmasa, “Manchester Yunayted”  APLda o‘zining eng yomon natijasini qayd etishi, kuchli oltilikdan ham o‘rin ololmasligi mumkin. Tarkib juda nochor, hatto Sulsher o‘yinni kuchaytirish uchun tuzuk futbolchi ham topa olmadi. Bu esa rahbariyat zimmasiga qishda tajribali futbolchilar sotib olish vazifasini yuklaydi. Yagona chora shu — qishda tajribali futbolchilar xarid qilish. Aks holda ushbu mavsum “MYU” va jamoa muxlislari uchun chinakam fojiaga aylanishi turgan gap.

Agar Sulsherda qandaydir reja va o‘zi jamoaga olib kelishni xohlaydigan futbolchilar bo‘lsa, uning istagini amalga oshirish kerak. Aks holda boshqa murabbiyga ishonch bildirgan ma’qul.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:53, 06.10.2019.
O'qildi: 7048 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик