Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

A seriya. «Inter» «Yuventus»ga mag‘lub bo‘ldi (videosharh)

A seriya. «Inter» «Yuventus»ga mag‘lub bo‘ldi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 7-turi doirasida peshqadam jamoalar to‘qnash kelishdi. "Inter" va "Yuventus" jamoalari muxlislarga qiziqarli o‘yin namoyish qilib berishdi.

Uchrashuv turinliklar uchun omadli boshlandi. Bahsning 4-daqiqasida Ronaldu maydonda jarohat olib yotganiga qaramay turinliklar hujum tashkil qilishdi. Dibala oson bo‘lmagan vaziyatda zarba berib, Xandanovichni dog‘da qoldirdi.

Oradan 5 daqiqa o‘tib Krishtianu hisobdagi farqni oshirishi mumkin edi. Uning 16 metrdan yo‘llagan zarbasi natijasida to‘p to‘singa tegib qaytdi. 19-daqiqada esa to‘p Mattias de Ligtning qo‘liga tekkani uchun hakam "Yuventus" darvozasi tomon penalti belgiladi va o‘z qarorini VAR yordamida tekshirib oldi. Lautaro Martines 11 metrli jarima zarbasidan golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi.

Oradan 10 daqiqa o‘tib Martines jamoasini oldinga olib chiqishi mumkin edi. Uning zarbasini Shchesni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Bo‘limga 3 daqiqa qolganida Ronaldu "Inter" darvozasiga to‘pni yo‘lladi, ammo unga uzatma bergan Dibala ofsaydda bo‘lgani uchun gol bekor qilindi.

Ikkinchi bo‘lim ham xavfli vaziyatlarga boy bo‘ldi. Dastlab Dibala yakkama-yakka vaziyatda "neradzurri" posbonini dog‘da qoldira olmagan bo‘lsa, Vesinoning zarbasidan keyin to‘p de Ligt orqali "Yuventus" darvozasi ustuniga tegdi. Bahsning 80-daqiqasida esa mehmonlar yaxshi kombinasiya tashkil qilishdi hamda Gonsalo Iguain milanliklar darvozasini ishg‘ol qildi.

"Inter" hisobni tenglashtirishga yaqin kelgan edi, ammo Vesino yakkama-yakka vaziyatda Voysex Shchesnini dog‘da qoldira olmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Yuventus" o‘z ochkolarini 19taga yetkazdi hamda "Inter"ni quvib o‘tib, jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Italiya A seriyasi, 7-tur
Inter – Yuventus 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 4 Dibala, 1:1 – 18, penalti Martines, 1:2 – 80 Iguain.
Inter – Xandanovich, Godin (Bastoni, 54), de Vrey, Shkrinyar, D`Ambrozio, Barella, Brozovich, Sensi (Vesino, 34), Asamoa, Lukaku, Martines (Politano, 78).
Yuventus – Shchensni, Kuadrado, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Xedira (Bentankur, 62), Pyanich, Matyuidi, Bernardeski (Iguain, 62), Ronaldu, Dibala (Emre Jan, 71).
Ogohlantirishlar: Aleks Sandro (13), Emre Jan (84), Pyanich (85), Vesino (88), Barella (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:40, 07.10.2019.
O'qildi: 9506 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик