"Inter" yarim himoyachisi Stefano Sensi "Yuventus"ga qarshi 7-tur o‘yinida (1: 2) jarohat oldi.
24 yoshli yarim himoyachi Yevro-2020 saralashi doirasidagi Italiya terma jamoasining Gretsiya va Lixtenshteyn bilan o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
20-oktyabrda A Seriyadagi "Sassuolo"ga qarshi "Inter"ning navbatdagi o‘yini oldidan Sensi tezroq tiklanish uchun Milanda qoladi.