Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid 1-0 Betis
11/01 22:00 Torino 1-1 Yuventus
11/01 22:30 Espanyol 1-1 Leganes
12/01 00:45 Milan 1-1 Kalyari
12/01 01:00 Sevilya 1-1 Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma
13/01 00:45 Napoli - Verona

Beyl “Real”ga kerakmi yoki “Real” Beylga?

Beyl “Real”ga kerakmi yoki “Real” Beylga?

Baho:
+ | -

"Real"ning oxirgi o‘yinlaridan birida zaxiraga olingan Beylning Zidanga munosabati e’tiborimni tortdi. Odatda, futbolchilar maydonni tark etayotganda agar bosh murabbiy yaqinida bo‘lsa, so‘rashib o‘tadi. Ammo Beyl shunaqa kayfiyatda ediki, Zidanga hatto qayrilib qaramadi ham. Zidan esa Beylga bir qarab qo‘ydi va keyin maydonga tikildi. Shundan sezdimki, o‘rtadagi nizo hamon jiddiy. Beyl hamon Zidandan norozi.

BEYL NEGA ASOSIY TARKIBDA?

Zidan aqlli murabbiy. Majburiyatini bajarish uchun ayrim narsalarni qurbon qilishi kerakligini biladi. Joriy mavsum avvalida “Real” bir qancha yo‘qotishga uchradi. Fransiyalik mutaxassis katta ehtimol bilan asosiy tarkibga mo‘ljallagan Marko Asensio uzoq muddatga safdan chiqdi. Zidan ishongan “qovunchi” Lukas Vaskes esa ishonchni oqlay olayotgani yo‘q. Zidanda esa qanot hujumida yagona variant qoldi — Beyl. Uelslik futbolchi tezkor, driblingi bor, kuchli zarbaga ega. Shu bois Zidan o‘rtadagi sovuq munosabatni bir chekkaga surib, Beylga asosiy tarkibdan joy ajratdi.

Beyl ishonchni oqlayapti nisbatan. Agar ana shu holatda jamoaga nisbatan noroziligi bo‘lmaganida, Zidan bilan munosabati yomon bo‘lmaganida, ehtimol, yanada yaxshiroq o‘ynashi ham mumkin edi. Istaymizmi, yo‘qmi, futbolchining kayfiyati o‘yiniga ta’sir ko‘rsatadi.

BEYL “REAL”GA KERAKMI?

Ha. “Granada”ga qarshi bahsda Benzema tomon uzatilgan super uzatma yodingizdadir. “Real”da bu ishni faqat Beyl uddalay oladi. Garetda jamoaga yetishmayotgan xislatlar bor. Agar Beyl “Real”dan ketsa, bu klub uchun jiddiy yo‘qotish bo‘ladi. Ayni damda uning o‘rnini bosadigan futbolchi yo‘q “Real”da. Agar kema dengizda mashaqqat bilan suzayotgan bo‘lsa-yu, uning bir yelkanini sindirib olsangiz, nima bo‘ladi?

Beyl — “Real”da ayni damda sovuqqonlikni saqlab qolayotgan kam sonli futbolchilardan biri. Yakka kurashlarda to‘pni oldirmaydi, Vaskes yoki Benzemaga o‘xshab dovdiramaydi, Azar kabi ortiqcha harakat qilib to‘pni yo‘qotmaydi. Aql bilan o‘ynaydi. Bu jihatlar esa nafaqat “Real”, balki istalgan jamoa uchun muhim.

“REAL” BEYLGA KERAKMI?

Beyl “Real”dan ketsa, yutqazadimi? Agar “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Yuventus” kabi grand jamoalarga o‘tsa, yo‘q. Chunki Beyl kuchli beshlikning istalgan klubida o‘z o‘rnini topib keta oladi. U ma’lum taktika yoki ma’lum klubga asoslangan futbolchi emas, universal. “Tottenxem”da himoyada o‘ynaganidan xabaringiz bor. Yarim himoyani ham qoyillatadi. Hujumda esa gol urish borasida asl hujumchilardan kam emas. Tezkor futbolga ham, tiki-takaga ham moslashib ketadi. Agar Beyl “Real”dan ketishni istasa, uni safida ko‘rishni istaydigan jamoalar istagancha topiladi. Unga yetakchilikni berishga tayyor bo‘lgan klublar ham yo‘q emas. Xullas, “Real” va Beylning ajralishi futbolchidan ko‘ra jamoaga ko‘proq qimmatga tushadi. Beylning o‘rniga boshqa keladi, dersiz, ehtimol, ammo uning o‘rnini bosadigan futbolchi topish uchun “qirollik klubi” kamida 100-150 mln yevro sarflashi kerak agar o‘sha futbolchining jamoasi uni sotishni, u futbolchi “Real”ga o‘tishni istasa...

Bu yerda yagona variant shu — Zidan Beyl bilan munosabatlarni yaxshilab, o‘rtadagi adovatni yo‘qotishi kerak. Ana shunda Garetning o‘yini yanada ochiladi va “Barselona” darvozasiga fantastik gol urgan o‘sha tezkor Beylga aylanadi. Kim bilsin, ehtimol, “el-klasiko”da yana bir bor jamoaga kerak ekanligini isbotlar.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:06, 08.10.2019.
O'qildi: 5617 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.