Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga «Treker» topshirildi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga «Treker» topshirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

7-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi olamshumul natija bilan bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani barchaga ma’lum. Shubhasiz, bunday natijalar zamirida terma jamoa bosh murabbiyining xizmati beqiyos.

Hukumatimiz o‘z kasbiga mehr qo‘yib, uni sidqidildan bajarayotgan insonlarni bee’tibor qoldirmaydi. O‘zbek boksining ayni paytda erishgan yutuqlarida, boksimizning dunyodagi eng kuchli maktab bo‘lishida ulkan xissa qo‘shgan terma jamoa bosh murabbiyi Marat Galiyevich Qurbonov mehnatlariga yarasha munosib taqdirlandi. Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida Marat Qurbonovga Prezident sovg‘asi – “Treker” avtomobili va 100 million so‘m pul mukofoti topshirildi.

“Mehnatlarimizni munosib taqdirlayotgan hukumatimizga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Bunday natijalar qayd etishimizda bizning bir jamoa bo‘lib ishlayotganimizning o‘rni katta. Nasib qilsa, kelasi yil Tokioda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ham o‘zbek boksining nimalarga qodir ekanligini yana bir karra namoyish etib beramiz”, – dedi Marat Qurbonov.

Taqdirlash jarayonida so‘z olgan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, MOQ vise-prezidenti, O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov Marat Galiyevichning uzoq yillik mehnatlarini alohida ta’kidlab, kelgusi faoliyatida ham ulkan omad va salomatlik tilab qolishdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 21:01, 11.10.2019.
O'qildi: 4326 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.