"Milan" "Lill" himoyachisi Zeki Chelikni sotib olmoqchi.
Italiya klubi 22 yoshli turkiyalik futbolchi uchun 20 million yevro to‘lashga tayyor, deya xabar beradi Tuttosport.
Chelikning fransuz klubi bilan shartnomasi 2023-yilgacha amal qiladi.
Ushbu mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 9 ta o‘yin o‘tkazdi va 2 ta gollik uzatma amalga oshirdi.