Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Xalqaro gimnastika federasiyasi o‘zbekistonlik ikki nafar sportchiga Tokio Olimpiadasi lisenziyalari taqdim etilganini rasman tasdiqladi

Xalqaro gimnastika federasiyasi o‘zbekistonlik ikki nafar sportchiga Tokio Olimpiadasi lisenziyalari taqdim etilganini rasman tasdiqladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ayni kunlarda Germaniyaning Shtutgart shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda. Ushbu dunyo birinchiligi kelasi yil Tokio shahri mezbonlik qiladigan Olimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma berishi bilan yanada ahamiyatli.

Xalqaro gimnastika federasiyasi ushbu musobaqa arafasida bir qator sportchilarga Tokio Olimpiadasida qatnashish imkoniyatini beruvchi yo‘llanma taqdim etdi. Biz uchun ahamiyatlisi ushbu lisenziantlar qatorida ikki nafar vakilimiz Oksana Chusovitina hamda Rasuljon Abdurahimovning nomlarini ham ko‘rishimiz mumkin.

Vakillarimiz dunyo birinchiligida sovrindorlar qatoridan joy ololmagan bo‘lsalar ham, o‘zlarining yuksak mahorati bilan xalqaro mutasaddilar e’tiborida bo‘lishdi. Shu tariqa o‘z nomini tarix zarvaraqlariga bitgan Oksana faoliyatida sakkizinchi bor Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqda.

Bu esa o‘zbek va jahon sporti tarixi uchun ulkan muvaffaqiyat demakdir. Reglamentga ko‘ra, hamyurtlarimiz kelasi yil Tokio Olimpiadasida o‘zlari istagan yo‘nalishda ishtirok etishlari mumkin.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Oksana Chusovitina va Rasuljon Abdurahimovni qo‘lga kiritilgan Olimpiada yo‘llanmalari bilan chin dildan muborakbod etib qoladi. Shu tariqa Tokio Olimpiadasiga lisenziya olgan sportchilarimiz soni 10 nafarga yetdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:09, 13.10.2019.
O'qildi: 1592 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.