Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Navbatdagi bekat — Singapur! Tayyormisiz, janob Abramov?

Navbatdagi bekat — Singapur! Tayyormisiz, janob Abramov?

Baho:
+4 | -

Yamanga qarshi jahon chempionati saralashi vaqtida muxlislar sizdan so‘rashdi: “Futbolni qaytaring, janob Abramov”. Hozircha bu ishni uddaladingiz, rahmat. Ammo hali qiladigan ishlaringiz ko‘p.

Sizga nima xalal berayotganini bilaman. Bir nechta iqtidorli futbolchilarimiz Olimpiya terma jamoasi safida o‘ynamoqda. Yo‘qsa, ulardan ham foydalanardingiz va bu imkoniyatlaringizni oshirardi, ammo zarari yo‘q. Hozirgi tarkib bilan ham Singapurni bemalol yutsangiz bo‘ladi.

 Meni bir narsa quvontirdi —  yirik g‘alabadan keyin quvonmaganingiz, aniqrog‘i, ichingizdagi mamnuniyatni sirtingizga chiqarmaganingiz. Agar xursand bo‘lganingizda yoki bu sezdirganingizda, shogirdlaringiz sizga qarab o‘zlaridan qoniqish hosil qilishardi. Hozir esa ular sizga qarab, Yamanni mag‘lub etish quvonishga arziydigan ish emasligini, chunki, birinchidan, O‘zbekistonning darajasi Yaman kabi jamoalarni bemalol mag‘lub etishga yetishini, qolaversa, hali oldinda Yamandan yuz chandon kuchli jamoalar turganini his qilishadi. Aslida ham shunday. Maqsadi jahon chempionatiga chiqish bo‘lgan jamoa kuchsiz raqiblarni ko‘rmagandek o‘tib ketishi kerak.

Meni quvontirgan yana bir narsa — yana bir antirekordni o‘rnatmaganimiz. Agar vaqtida kelmaganimizda, ehtimol, Kuper boshchiligida Yamanni yuta olmasligimiz, balki xuddi Falastin kabi raqib bizni mag‘lub etishi mumkin edi. Bu esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi o‘ziga xos antirekord bo‘lardi. Biz Yamanga umuman yutqazmaganmiz chunki. Shundog‘am so‘nggi paytlarda faqat antirekord o‘rnatadigan bo‘lib qolgandik.

Meni quvontirgan uchinchi jihat — siz futbolga yangi qon olib kirdingiz. Tarkib jihatidan Qodirqulov — o‘zingiz bilgan, o‘zingiz ishongan “Bunyodkor” futbolchisini jalb qildingiz. Ko‘z tegmasin, debyut o‘yinidayoq gol urdi. Ammo unga ortiqcha kibrga berilish nima oqibatlarga olib kelganini eslatib qo‘ying. Buning uchun sizda jonli misollar keragidan ortiqcha.

Yana bir yangilik — Jamshid Iskanderov. Shu bola oldin porlaganida, Sardor Rashidov bilan bir vaqtda tanila boshlaganida, uning driblinglari menga juda yoqqan, Rashidovdan-da yaxshiroq futbolchi deb bilardim uni. Lekin keyinchalik Sardor ancha oldinlab ketdi, Jamshid esa ko‘rinmay qoldi. Hozir esa vaziyat yana o‘zgarmoqda — maqtovlar tufayli o‘zidan “Ronaldu” yasab olgan Rashidov oldingi darajasini ham yo‘qotdi, Jamshid esa yana o‘zini ko‘rsatmoqda.

Singapurga qarshi o‘yin oson kechmaydi. Shuni unutmang. Eng muhimi, futbolchilarni ruhiy jihatdan yaxshi tayyorlash kerak. Aslo shogirdlaringizga “Singapur kuchli jamoa, ularni yutish qiyin, shuning uchun hushyor bo‘lishimiz kerak”, deya bosim o‘tkazmang. Shu bilan birga “Singapur kuchsiz jamoa, ularga jiddiy e’tibor qaratish kerak emas”, ham demang. Bu o‘rinda oltin o‘rtaliqni topish kerak. Bizning futbolchilarga bosim salbiy ta’sir qiladi, shuningdek, ortiqcha xotirjamlik ham. Ha, futbolchilarimizning ruhiyati biroz nozikroq.

Singapurga qarshi hujumkor o‘ynang, xuddi Yaman bilan bo‘lgani kabi. Asosiy tarkibda o‘zgarishlar qilsangiz ham qarshi emasmiz. Maydon markazida Otabek Shukurovni tushiravering, chunki u formasini tiklab olishi shart va buning uchun Singapur kabi raqiblar yaxshi variant.

Meni bir narsa doim tashvishga soladi — sustlashish. Terma jamoamiz gol yoki gollar urib olganidan keyin erta xotirjamlikka beriladi va bu ko‘p hollarda bizga qimmatga tushgan. Xayriyatki, Yamanga qarshi o‘yinda bunday bo‘lmadi va “Yaman ssenariysi” Singapurga qarshi bahsda ham takrorlanadi,  degan umiddamiz.

G‘alabaning muhim omili — tezkor gol. Xuddi Yamanga qarshi o‘yinda bo‘lgani kabi. Singapur ham bizga qarshi o‘yinda qarshi hujumga asoslanib harakat qiladi. Katta ehtimol bilan, raqib chuqur himoyalanadi va xatolarimizdan qarshi hujum orqali foydalanishga urinadi. Shu boisdan agar dastlabki daqiqalarda  gol urib olsak, keyin vazifani bajarish oson bo‘ladi, g‘alabaning poydevori o‘rnatiladi.

Vadim Abramov kelganidan va Yamanni yirik hisobda mag‘lub etganimizdan keyin bu bosqichdan o‘ta olishimizga ishonyapman. Ammo muhimi keyingi hal qiluvchi bosqich. Muhimi, Abramov keyingi bosqichga qadar o‘zi uchun optimal tarkib va taktikani belgilab olishi kerak.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:23, 13.10.2019.
O'qildi: 10613 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.