Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Zaxiradagi terma jamoa: Abramov chaqirmagan futbolchilar

Zaxiradagi terma jamoa: Abramov chaqirmagan futbolchilar

Baho:
+1 | -

Avvalo, aytib qo‘yay, Vadim Abramov terma jamoaga chaqirgan futbolchilarga e’tirozim yo‘q. Abramov yiqqan tarkibga shikoyat bildirmoqchi emasman. Shunchaki bizda futbol iqtidorlari ko‘p, degan fikrni yana bir bor ta’kidlamoqchiman, xolos.

Terma jamoamizni boshqargan murabbiylar orasida “Bizda falon chiziqda futbolchi yo‘q, bizda unday futbolchi yo‘q, bunday futbolchi yo‘q”, deya e’tiroz bildirganlari ham bo‘lgan. Men esa bu fikrga o‘sha paytda ham qo‘shilmaganman, hozir ham qo‘shilmayman. Gap o‘zbek futbolidan chetda qolgan iqtidorlilar haqida ketayotgani yo‘q. Gap ayni damda Superligadagi jamoalarda to‘p surayotgan va terma jamoaga chaqirilmagan futbolchilar haqida ketyapti.

Saytimiz xodimi Jaloliddin Qobiljonov ana shu futbolchilardan terma jamoa tuzdi:

Darvozada: Javohir Ilyosov (Abdumavlon Abdujalilov).

Himoyachilar: Dilshod Ahmadaliyev, Umar Eshmurodov, Doston Tursunov, Vitaliy Denisov

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov, Oston O‘runov, Sardor Rashidov, Sanjar Shoahmedov

Hujumchilar: Humoyun Murtazoyev, Zafar Polvonov

Yomon tarkib emas-a, to‘g‘rimi? Ushbu tarkibda Vitaliy Denisovni terma jamoaga chaqirish kerak edi. Avval Denisovning qanday futbolchi ekanligi borasida to‘liq tasavvurga ega bo‘lmagan Ektor Kuper uni chaqirmadi. Qarorini esa “Denisov jamoasida to‘liq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti”, deya izohladi. Buni qarangki, Vadim Abramov ham hozircha “o‘zbek Marselosi”ni tarkibga jalb etmadi va u ham Denisovning juda kam maydonga tushayotganini sabab qilib ko‘rsatdi. Umid qilamizki, bu tez orada Vitaliyni yana terma safida ko‘ramiz.

Sardor Rashidov ham ilgari termada o‘ynagan, keyingi paytlarda esa o‘yini yomonlashgani tufayli e’tibordan chetda qoldi. Ammo Abramov uni termaga chaqirib, kerakli tanbeh va maslahatlarni bersa, Sardor yana foyda keltira boshlashi mumkin. Chunki unda yaxshigina tezlik va chiroyli zarba bor.

Javohir Ilyosov — imkoniyat berilsa, termaning kelajagiga aylanadigan posbon. Qolaversa, terma jamoaga Ignatiy Nesterovning o‘rnini bosa oladigan yosh darvozabon kerak. Eldor Suyunov, Murod Zuhurov, Sanjar Quvvatov — bu posbonlarning hech biri barqaror o‘yin ko‘rsata olmaydi va ulardan birortasi Ignatiy Nesterovning o‘rnini bosa olishiga shubham bor, lekin bu fikrim noto‘g‘ri bo‘lib chiqishini juda-juda istardim.

Hujum chizig‘ida Humoyun Murtazoyev terma jamoada o‘ynashga munosibdek ko‘rinyapti. Superligada joriy mavsumda bir nechta gol urishga erishgan futbolchi muxlislarning yoqimtoyiga aylanib borayotgani bor gap. Abramov uni ham sinab ko‘rsa, zarar qilmaydi.

Hozircha Vadim Abramov terma jamoaga chaqirgan futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatishmoqda. Hatto mashg‘ulotlarga jalb qilinmay, kutilmaganda jalb qilingan Qodirqulovning o‘yinini ko‘rdingiz. Shu bilan birga, Abramov yuqoridagi va biz keltirib o‘tmagan boshqa iqtidorli va yosh futbolchilarni termaga jalb qilib, sinab ko‘rishi lozim. Chunki bizda ayni damda avlodlar almashinuvi ketyapti, Abramov esa termaning kelajagini hozirdan tuza boshlasa, zarar qilmaydi.

Terma jamoaning buguni bizni qanday tashvishlantirayotgan bo‘lsa, kelajagi haqida ham ana shunday bosh qotirish lozim. Quvonarlisi, mamlakatimiz iqtidorlarga to‘la, faqat ularni izlab topish va kerak vaqtda e’tibor qaratish lozim. Aytgancha, balki, siz ham Abramov chaqirmagan futbolchilardan terma jamoa tuzib ko‘ringchi...

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:00, 13.10.2019.
O'qildi: 13617 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.