Yevro-2020 saralash uchrashuvidagi Islandiya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, jurnasitlar Fransiya murabbiyi Didye Deshamdan Karim Benzemani terma jamoaga qaytarish haqida savollar berishdi.
"Mening vazifam - Fransiya terma jamoasi foydasiga harakat qilish. Benzemaning terma jamoaga qaytishi unga ham sportda ham, boshqa yo‘lda ham foyda keltirmaydi deb ishonaman. Bu savol men uchun butunlay va umuman yopiq." - dedi Desham AS nashriga bergan intervyusida.