Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Raqibimiz bosh murabbiyi Gus Xiddink iste’foga chiqarildi

Raqibimiz bosh murabbiyi Gus Xiddink iste’foga chiqarildi

Baho:
+ | -

Gollandiyalik mutaxassis Gus Xiddink Xitoy Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etildi. Fox Sports xabariga ko‘ra, uning o‘rnini Xitoy ayollar jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xao Vey egallaydi.

Xabar qilinishicha, 72 yoshli mutaxassisning ishdan olinishiga uning matbuot bilan aloqa uslubi Xitoy Futbol Assosasiyasini qoniqtirmaganligi hamda jamoa o‘yinidagi qoniqarsiz natijalar sabab bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu qarorning asosiy omili Xitoy U23 jamoasining Osiyo chempionatiga tayyorgarlik doirasida Vyetnam U23 bilan o‘rtoqlik o‘yinidagi mag‘buliyatga uchrashi bo‘lgan.

Gus Xiddink o‘tkan yilning sentyabr oyida Xitoy Olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi va uning qo‘l ostida jamoa Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Masalan, Xitoy Osiyo chempionati saralash o‘yinlarida Laosni 5:0, Fillipinni 8:0ga yutib, Malayziya bilan 2:2 o‘ynagan va guruhda birinchi o‘rinni olib yo‘llanmaga ega chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatining final bosqichida O‘zbekiston bilan bir guruhdan o‘rin olgan. Shuningdek, bu guruhdan Janubiy Koreya va Eron termalari ham o‘rin olishgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:09, 14.10.2019.
O'qildi: 10771 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик