Londonning "Tottenhem" klubi darvozabon Ugo Lyorisning jarohat tufayli yil oxiriga qadar maydonga tusha olmasligi bois, transfer bozoriga chiqishga qaror qildi.
London Evening Standard xabariga ko‘ra, londonliklar 35 yoshli sobiq posboni Mishel Vorm bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Ayni paytda futbolchi erkin agent maqomida ishsiz yuribdi.
Eslatib o‘tamiz, Vorm 2014 yilda "Tottenhem"ga o‘tib, 2019 yil yozida jamoani tark etgandi.