Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Birinchi bo‘limdan so‘ng: Singapur - O‘zbekiston - 1:1

Birinchi bo‘limdan so‘ng: Singapur - O‘zbekiston - 1:1

Baho:
+ | -

Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Singapur va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning birinchi bo‘limi yakunlandi.

Yamanga qarshi o‘yin bilan solishtirganda, Abramov asosiy tarkibda bitta o‘zgarishni amalga oshirdi: Iskanderov o‘rniga bu safar Odil Ahmedov maydonga tushirildi.

Aynan jamoamiz sardori bahsning 15-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Qodirqulov faol harakatlari orqali raqib jarima maydoniga kirmoqchi bo‘lganida, himoyachi uni yiqitdi. Belgilangan jarima zarbasini Odil shunday amalga oshirdiki, Qatar (o‘rtoqlik o‘yini) va Ummon (Osiyo kubogi-2019) darvozalariga bo‘lgani kabi olis burchakdan o‘rin oldi.

Shundan so‘ng Singapur hujumga o‘ta boshlashi oqibatida vakillarimizda qarshi hujumda imkoniyatlar yuzaga kela boshladi. Uchrashuvning 33-daqiqasida Alijonovning uzatmasidan keyin Shomurodov darvoza tomon zarba berdi. To‘p esa ustun yonidan o‘tib ketdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan yana Alijonov o‘ng qanotdan chiroyli uzatma bilan to‘pni Hamdamovning boshiga "qo‘ndirdi", ammo Dostonning zarbasidan keyin to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi.

Aynan bosh bilan zarba berishda mezbonlar aniq harakat qilishdi. Bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda baland bo‘yli Ixsan Fandi qanotdan yetkazilgan uzatmani darvozaga joylab qo‘ydi. Eldor Suyunov to‘pga tashlandi, ammo uni qaytara olmadi.

Shu tariqa, birinchi bo‘limdan so‘ng kamida 2ta to‘p farqi bilan oldinda borishi kerak bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi tanaffusga durang bilan yo‘l oldi.

JCH-2022 saralash. "D" guruhi, 4-tur
Singapur, Singapore Sports Hub Stadium. 16:45
SINGAPUR - O‘ZBEKISTON 1:1 (birinchi bo‘limdan so‘ng)
Gollar: Ixsan Fandi (45+1) — Odil Ahmedov (15)
Ogohlantirishlar: Shaval Anvar (31)
Singapur: 01.Izvan bin Mahbud, 08.SHahdan Sulaymon, 09.Ixsan Fandi, 11.Muhammad bin Ahmad, 13.Hafiz Nor, 14.Hariss Harun (S), 16.Hami Syahin, 17.Irfan Fandi Ahmad, 20.SHaval Anvar, 21.Safuvan bin Baharuddin, 23.Zulfahmi bin Arifin
Zaxira: 12.Jarfan Rohayzad (D), 18.Hassan bin Abdulloh (D), 02.Firdavs bin Kasman, 03.Irvan Shoh Arismayl, 04.Darren Teb, 05.Bayhakki bin Xayzan, 06.Amirul bin Azmi, 07.Hazzuvan Halim, 10.Faris bin Ramli, 15.YAsir Hanapi, 19.Fariz Farhan, 22.Gabriyel Kuak
O‘zbekiston: 01.Eldor Suyunov, 04.Farrux Sayfiyev, 05.Rustam Ashurmatov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 03.Hojiakbar Alijonov, 13.Sanjar Qodirqulov, 09.Odil Ahmedov (S), 10.Jaloliddin Masharipov, 07.Otabek Shukurov, 17.Doston Hamdamov, 14.Eldor Shomurodov.
Zaxira: 12.Sanjar Quvvatov (D), 16.Abdumavlon Abdujalilov (D), 02.SHarof Muhiddinov, 06.Azizjon G‘aniyev, 08.Ikromjon Aliboyev, 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 15.Egor Krimes, 18.Sardor Mirzayev, 19.Akbarjon Ismatullayev, 21.Igor Sergeev, 22.Jamshid Iskanderov, 23.Xurshid G‘iyosov
Bosh hakam: Shen Yin Xao (Xitoy)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:35, 15.10.2019.
O'qildi: 3200 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик