Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

"Bunyodkor" — AGMK uchrashuvi prevyusi

"Bunyodkor" — AGMK uchrashuvi prevyusi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi yarim finalida ketma-ket ikki yil mag‘lub etilgan "Bunyodkor" Superliganing navbatdagi turida yana jamoamizga raqiblik qiladi.

Bo‘lajak o‘yin ushbu jamoalarning o‘zaro umumiy hisobdagi 31-uchrashuviga aylanadi. AGMK va "Bunyodkor" qarama-qarshiligi tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, o‘tkazilgan o‘yinlarda 5 marotaba jamoamiz g‘alabani tantana qilgan, 6 bor durang qayd etilgan va 19 marta "Bunyodkor" g‘alaba qozongan. To‘plar nisbati ham "qaldirg‘ochlar" foydasida: 61-31.

Joriy mavsum hisobidan mazkur o‘yin ushbu jamoalarning to‘rtinchi bellashuviga aylanadi. Qizig‘i, "Bunyodkor" va AGMK joriy mavsumda uchta frontda ham o‘zaro to‘qnash keldi. Dastlab chempionat doirasida o‘tgan Olmaliqdagi bahsda sobiq futbolchimiz Lutfullo To‘rayevning goli "Bunyodkor"ga g‘alaba keltirgan bo‘lsa, Liga kubogi va O‘zbekiston kubogida AGMK "qaldirg‘ochlar"ni dog‘da qoldirishni uddaladi.

Ayni paytda Superliga turnir jadvalida "Bunyodkor" 35 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinni egallab turibdi. AGMK hisobida esa 22 ochko mavjud va jamoamiz 10-pog‘onada.

Mazkur o‘yinni boshqarib borish mas’uliyati yosh hakam Akobir Shukurullayev zimmasiga yuklandi. E’tiborlisi, Akobir Shukurullayev joriy mavsum hisobidan ikkinchi bor aynan mazkur jamoalar ishtirokidagi o‘yinda ishlaydi. Bunga qadar Liga Kubogi doirasidagi AGMK - "Bunyodkor" uchrashuvini ham boshqargandi.

Umumiy hisobda esa Akobir Shukurullayev jamoamizning 5-uchrashuvida hakamlik qiladi. O‘tgan yili "Lokomotiv" hamda "Qizilqum"ga qarshi o‘yinlarda ishlagan Shukurullayev, joriy mavsum "Bunyodkor" hamda "Oq-tepa" bilan bo‘lgan bahslarni boshqardi. AGMK Akobir Shukurullayev boshqargan uchrashuvlarda quyidagi natijalarni qayd etgan: 3 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat.

Superliganing 22-turi doirasidagi "Bunyodkor" - AGMK o‘rtasidagi o‘yin Toshkentdagi "Bunyodkor" o‘yingohida 18 oktyabr kuni soat 17:30da boshlanadi. Bir kun avval, ya’ni 17 oktyabr kuni soat 17:00da "Bunyodkor" akademiyasi maydonida esa Yoshlar birinchiligi doirasida "Bunyodkor" va AGMK yoshlari (U21) o‘zaro bahs olib borishadi.

Coca Cola Superliga, 22-tur
18 oktyabr
“Bunyodkor” – AGMK
Hakamlar: Akobir Shukurullayev, Ruslan Serazetdinov, Andrey Sapenko, Rahimbek Karimov
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov
Komissar: Diyor Imomxo‘jayev

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 12:41, 16.10.2019.
O'qildi: 1918 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик