Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi BAA yoshlar terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi BAA yoshlar terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bilasiz, joriy yilning noyabr oyida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkaziladi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ayni paytda  Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tayyorgarlik doirasida bir qator musobaqa va o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushmoqda. Yaqindagina mazkur yosh toifasidagi terma jamoamiz Tailandda o‘tkazilgan “GSB Bangkok Cup” musobaqasida ishtirok etdi va 3-o‘rinni egalladi.

Oktyabr oyi so‘nggida terma jamoamiz yana bir xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. 20 oktyabr – 1 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklari yoshlar terma jamoasi Toshkentda yig‘in o‘tkazadi. Mazkur yig‘in doirasida O‘zbekiston hamda BAAning U-19 terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinida bahs yuritishadi. Uchrashuv 30 oktyabr sanasida bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 18:12, 16.10.2019.
O'qildi: 2053 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик