Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Pavlyuchenko: “50 yil o‘tar, lekin baribir Angliyaga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvni eslayveramiz”

Pavlyuchenko: “50 yil o‘tar, lekin baribir Angliyaga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvni eslayveramiz”

Baho:
+1 | -

Rossiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Roman Pavlyuchenko Yevropi–2008 saralash bosqichi doirasida Angliya terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvni esladi. O‘sha uchrashuvda u ikki marotaba raqib darvozasini ishg‘ol etib, Rossiya terma jamoasiga 2:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etgandi.

«Uchrashuvdan oldin mehmonxonada Angliyani yutishimizga bo‘lgan tuyg‘u edi. «Lujniki» stadioniga kelganimizda esa, tribunalarda bo‘sh o‘rin yo‘qligini ko‘rib, albatta yutish shartligini his qilgandik. Gol o‘tkazib yubordik – g‘alaba haqidagi fikrimiz yana yo‘qolib qoldi. Yana uchta gol o‘tkazib yuboramiz deb o‘ylagandim. Tribuna tinimsiz qo‘llab-quvvatlab turganda qanday qilib gol urmaslik mumkin?!

Tanaffus paytida kiyinish xonamizdagi muhit odatiy edi. Ikkinchi taymga ko‘rsatma olayotgandik. Oldimizda 45 daqiqa borligini, o‘yinni o‘zgartirib yuborishimiz mumkinligini tushunib yetgandik. Men zahiradan maydonga tushayotgan paytimda menga Gus mening vazifam faqat gol urish ekanligini tushuntirdi. Men ishonchni oqladim.

Avvaliga shtatli penaltichimiz Sergey Ignashevich edi. Ehtimol, uchrashuvdagi bosim yuqoriligi uchun o‘ziga bo‘lgan ishonch yo‘qolgandir. Zarba berishimdan oldin hayajon yo‘q edi. To‘pni o‘rnatayotgan paytimda darvozaning o‘ng tarafiga tepishimni o‘yladim. Agar to‘pga zarba berayotganingda mo‘ljalni almashtirmoqchi bo‘lsang, to‘p tribunaga qarab uchib ketadi. O‘sha paytda xayolimda faqat gol urish edi: agar ursam qahramon bo‘laman, ura olmasam...  Omad men tarafda bo‘ldi...!

Uchrashuvdan keyin kiyinish xonamizdagi muhitni tasavvur qiling! G‘alabani nishonladik, qattiq baqirdik, xursand bo‘ldik, Angliyani yutib, Yevropa chempionatiga borishga imkoniyat tug‘ildi. O‘yinni ertasi kuni jamoaviy bo‘lib kechki ovqatga birga bordik. Meni alohida tabriklashdimi? Nima uchun? Axir golni butun jamoa yordamida urgandimku! Biz futbolchilarmiz, tennischilar emas.G‘alaba jamoaviy qo‘lga kiritiladi. Odamlar hozirgacha o‘sha bellashuvni eslab yurishadi. Oradan 50 yil o‘tsa ham o‘sha uchrashuv yoddan chiqmaydi», — dedi Pavlyuchenko «Chempionat» muxbiri Arina Lavrova bilan suhbatda.

Kiritildi: 17:09, 17.10.2019.
O'qildi: 5554 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.