Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Ivan Solovyov: “Muxlislarga quvonch ulashish niyatidamiz”

Ivan Solovyov: “Muxlislarga quvonch ulashish niyatidamiz”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” Termizda “Surxon” mehmoni bo‘ladi. Bo‘lajak bahs oldidan “Navbahor”ning rossiyalik yarim himoyachisi Ivan Solovyov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- “Surxon”ga qarshi kechadigan prinsipial bahsga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rdik. Jumladan, mazkur o‘yinga tayyorgarlik jarayoni doirasida o‘tgan yakshanba kuni “Andijon”ga qarshi o‘rtoqlik bahsi o‘tkazib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondik.

Albatta, ushbu yutuq ham bo‘lajak uchrashuv oldidan biz – futbolchilarning kayfiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, degan umiddaman. Chunki Termizga yaxshi kayfiyatda yo‘l oldik.

O‘tgan turda “Dinamo”ni mag‘lubiyatga uchratib, ustozimiz Andrey Antanasovich Kanchelskis qaytganidan so‘ng, ilk g‘alabani nishonlashga muvaffaq bo‘ldik.

Umid qilamanki, jamoamizning g‘alabali odimi joriy mavsum yakunigacha davom etadi.

Shuningdek, “Navbahor”da sovrindorlar safidan o‘rin olish imkoniyati bor va kuchli uchlikdan o‘rin olish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz.

Oldimizda eng avvalo “Surxon” bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yin turibdi hamda mazkur bahsda g‘alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashish niyatidamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.    

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 13:03, 18.10.2019.
O'qildi: 2354 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.