Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Vadim Abramov: «Ko‘rdingizmi? Yutqazganingizda hech kim qo‘ng‘iroq qilmaydi»

Vadim Abramov: «Ko‘rdingizmi? Yutqazganingizda hech kim qo‘ng‘iroq qilmaydi»

Baho:
+2 | -

Superliganing 22-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” hamda  AGMK jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. O‘yindan so‘ng matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Oddiy vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘ydik. Garchi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak-da, hisob o‘yinga mos bo‘ldi, deya olmayman.

Nega jamoaning o‘yinida pasayish ro‘y berdi? Har qanday jamoada «spad» bo‘ladi. Bu yangilik emas. Shunchaki, biz juda oddiy vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘yyapmiz. Eng yomoni, tajribali futbolchilar shunday xatolar yo‘l qo‘ymoqda.

Qolaversa, zaxira o‘rindig‘imiz qisqaligi ham pand bermoqda. Xususan, futbolchilarimiz terma jamoalardan ikki kun avval yetib kelishdi. Birga shug‘ullanishga yetarlicha vaqt bo‘lmadi.

Mabodo bugungi uchrashuvni ikki kundan keyin o‘tkazganimizda o‘yin boshqacharoq bo‘lishi mumkin edi. Agar zaxira o‘rindig‘imiz uzun bo‘lganida bugun boshqa futbolchilarning xizmatidan foydalangan bo‘lardim.

– Mirjalol Qosimov va Vadim Abramov qarama-qarshiligida Qosimov ustunlik qilmoqda (6:1). Bu haqida nima deysiz?

– Demak, Qosimovni tabriklash kerak.  Yaqinda u rekord o‘rnatadi. Statistikani qayerdan olishadi aniq bilmayman, lekin... ha, mayli shunday bo‘laqolsin.

– Jamoa mavsumni yosh tarkib bilan boshladi. Kuzga kelib esa jamoada ishtiyoq yo‘qolgandek taasurot uyg‘otmoqda.

Ha,  to‘g‘ri aytasiz bizda biroz pasayish bo‘ldi. Sababi, hamma dam olgan vaqtda bizning futbolchilar OTJ yig‘iniga yo‘l olishadi. Agar kuchli zaxiramiz bo‘lganda bunday bo‘lmas edi, menimcha.

– Mavsum yakunlangach “Bunyodkor”dan aniq ketasizmi? So‘raganimning sababi, sizda motivasiya yo‘qolgandek tuyulmoqda.

– Menda barchasi yaxshi. Faqat qiyin taqvim tufayli bizda shunday muammolar bo‘lmoqda. Sababi, 15 kuni keldik, mana bugun o‘ynayapmiz. Agar, o‘yin 2 kundan keyin bo‘lganida boshqacha bo‘lardi. Ketamanmi? O‘zbek futboli uchun foydali qarorga kelamiz.

Birinchi gol darvozabonning xatosi bilan bo‘ldi. Balki Abdujalilovni sinab ko‘rish kerakdir.

– Bu haqida fikr bildirish qiyin.Birinchi gol o‘tkazilgan vaziyatda yoshi katta futbolchilarga nima bo‘lganini umuman tushunmadim. Birinchisi aut otdi, ikkinchisi to‘pga yeta olmadi, darvozabonimiz esa umuman g‘alati joyni tanladi.

– Jasur Jaloliddinov nega ko‘rinmay qo‘ydi? Bugun ham qaydnomada yo‘q edi.

– U yaqinda terma jamoa safida o‘ynab qaytdi, o‘zini dunyoning eng yaxshilari orasiga kiritilganini o‘qibdi. Kecha uning yoshlar jamoamizdagi o‘yinini kuzatdim. Yaqinda U-19 Osiyo chempionati saralashi bo‘ladi shu jamoaga yordam berishi kerak.

– Telefoningiz?

– Ko‘rdingizmi? Yutqazdik, hech kim qo‘ng‘iroq qilmadi (kuladi). (PS: Har gal matbuot anjumanida Vadim Abramovning telefoni jiringlab qolardi)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:33, 18.10.2019.
O'qildi: 8549 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик