Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Inter» «Yuventus»ga qarshilik qiladi!

«Inter» «Yuventus»ga qarshilik qiladi!

Baho:
+ | -

Mana bir necha yildan beri Italiya chempionatida «Yuventus» o‘zining gegemoniyaligi davom etmoqda. Turin super klubi o‘tgan mavsumda eng yaqin taqibchisidan 21 ochkoga ilgarilab ketganicha chempionlikni qo‘lga kiritgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Xo‘sh bu mavsumda Konte qo‘l ostida ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan «Inter» bu gegemoniyalikka barham bera oladimi? Bugun «Inter»ga qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan jihatlar haqida so‘z boradi.

Diyego Godin va yangi himoya uslubi

Antonio Konte «Yuventus»da faoliyat oolib borgan yillari mashxur himoya uchligiga (djordjo Kiyelini, Barzagli, Bonuchchi) asos solgan edi. Endilikda Diyego Godin sababli ushbu himoya uchligi yangicha ko‘rinishda «Inter»da shakillanib bormoqda.Godin,SHkrinyar, De Vrey dunyoning yangi himoya uchligini qoyilmaqom tarzda uddalashmoqda. To‘g‘ri «Inter» «Yuve» bilan bo‘lgan ilk to‘qnashuvda mag‘lubiyatga uchradi, biroq xulosa qilishga hali juda erta. Shkrinyar va De Very o‘zining eng gullagan davrlarini o‘tkazayotgan bo‘lsa, Godin o‘zining tajribasi orqali himoyachilarni yanada mustahkamroq o‘yin  ko‘rsatishini ta’minlashi aniq. Godin 9 yil davomida Diyego Simione boshchiligidagi progmatik futbolning eng muhim figurasiga aylangan bo‘las, endilikda «Inter» uchun o‘ta muhim bo‘lgan vazifani bajarmoqda. Agarda markaziy himoyachilar Konte tomonidan yuklanayotgan vaziflarni to‘liq bajarishsa, «Skudetto» uchun kurash ayovsiz bo‘lishi aniq.

Yangilangan yarim himoya. Sensi va Barella

O‘tgan mavsumda Spaletti maydon markazida o‘yin tashkil etishda oqsagani bois, o‘z lavozimidan ozod etilgan edi. Italiyalik murabbiy tomonidan Brozovich himoyaga yaqinroq qo‘yilgan bo‘lsa, Raja Naingolan umuman jamoa o‘yiniga moslasha olmadi. Bu orada Spaletti Borha Valerio, Vechiniya, Joa Mario singari variyantlarni qo‘lab ko‘rgan bo‘lsada, marazdagi o‘yin yaxshilangani yo‘q va jamoa mavsumni o‘rtacha o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

Konte klubga kelgach, birinchi navbatda aynan markazni kuchaytirishdan ishni boshladi. Klub Sensi va Barellani harid qildi va maydon markazini shu yigitlarga topshirdi. Ikki futbolchi ham o‘tgan mavsumda o‘rtamiyona klublarda ajoyib o‘yin ko‘rsatishgan edi va ular ishonchni to‘liq oqlashmoqda desak, adashmagan bo‘lamiz. Yigitlar Konte qo‘l ostida terma jamoa darajasigacha ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lgani esa, so‘zimizga isbot bo‘la oladi. O‘tgan mavsumda jamoa yarim himoyachisi tezligi past og‘ir yarim himoyachilardan tashkil topgan bo‘lsa, bu mavsumda chaqqon yarim himoyachilar jamoaning o‘yin tezligini belgilab bermoqda. Ushbu futbolchilar «Inter»ning rang barang hujum tashkil etishida katta rol o‘ynashini inobatga olsak, chempionlik uchun «ko‘k-qora»larda imkoniyat mavjud.

«Yuventus» avvalgi darajada kuchli emas

Yangi mavsum oldidan «Yuventus» jamoasi Alegrini iste’foga chiqargach, uning o‘rnini muxlislar kutgan murabbiy bilan to‘ldira olmagani hech kimga sir emas. To‘g‘ri, Sarri juda iqtidorli lekin, top darajadagi murabbiyga aylanishi uchun unga biroz vaqt talab etiladi. Uzoq yillardan beri davom etayotgan faoliyati davomida birorta chempionlikni qo‘lga kirita olmagan murabbiy haqida boshqa yana nima deyish mumkin? Bundan tashqari, Sarri «Yuventus»ning o‘yin falsafasini keskin o‘zgartirdi va klub endilikda bor e’tiborini uyushqoq futbol o‘ynashqa qaratmoqda. Bunday o‘yin uslubi sababali jamoaning eng asosiy joker qartasidan (Ronaldu) naf chiqarishning iloji yo‘q. Shuningdek, «Yuventus» yangi mavsum oldidan katta umidlar bilan xarid qilgan De Ligt kutilgan o‘yinni ko‘rsatmayapti. Rabio va Remziy asosiy tarkib futbolchisi sifatida jamoadan to‘liq joy olishganicha yo‘q.  Butun transfer oynasi davomida ketishni istamagan Mandjukich va Dibaladan tashqari, Iguain jamoa hujumiga javob berishi talab etiladi. Sarri yangi uslubni singdirishga urunayotgan bo‘lsada, jamoani Alegrining yigitlari eski uslubdan foydalangancha yelkasida ko‘tarib yurishibdi. Hozircha «Yuventus» barcha kutgan  «Sarribol»ni namoyish etmayapti va hali-beri ko‘rsatmasa ham kerak. Yuqoridagi omillarni inobatga olsak, «Yuventus» o‘tgan mavsumdagi holatidanda kuchliroq bo‘lishi juda katta so‘roq ostida turibdi.

Konte Sarridan ko‘ra kuchliroq va tajribaliroq

Antonio Konte Maurisio Sarridan farqli o‘laroq, 4 bor ichki birinchilikda g‘olib chiqqan va ulardan birini dunyodagi eng kuchli birinchilik sanaladigan APLda qo‘lga kiritganidan xabaringiz bor. Eng muhimi shundaki, Konte jamoani ruhlantirish va futbolchilarning ochilmagan qirralarini kashf etish borasida Sarridan ancha ilgarilab ketgan desak, adashmagan bo‘lamiz. To‘g‘ri, «Yuve» ustozi o‘tgan mavsumda o‘z faoliyatidagi yagona sovrinni qo‘lga kiritdi lekin, «Chelsi» muxlislari undan kutgan o‘yinni namoyish eta olmadi. Uzoq davom etadigan chempionat o‘yinlarida Sarrinin taktikasi u qadar ish bermasligi «Napoli» misolida yaqqol ko‘zga tashlanadi. To‘g‘ri, «Yuventus» Neapol shaxri jamoasidan ancha qudratliroq, lekin ushbu jamoa Sarri qo‘l ostida keraksiz uchrashuvlarda boy berilgan ochkolar sababligina har safar chempionlikdan mahrum bo‘lishga ko‘nikib ham qolgan edi. Eng muhimi shundaki, Sarri bosim ostida ishlashdan doimmo qochishga urunadi. Aynan bosim tufayli Italiya terma jamoasini boshqarishdan voz kechgan qahramonimiz «Chelsi»dan ham fynan ortiqcha  bosim sababli «Yuventus»ga o‘tib ketdi. Turin klubi muxlislari «Yuve»ning chempionligiga o‘rganib qolganini inobatga olsak, hozirda Sarri bosimdan xoli emas. Mehmondagi durang natijani ham juda yomon qabul qiladigan muxlislari bor kuchli klubni yanada kuchaytira olish o‘z vaqtida Gvardiolaning (Yup Haynkesdan so‘ng «Bavariya» postiga kelgan davrlari haqida so‘z bormoqda)
 ham qo‘lidan kelmagan edi. Shunday ekan, chempionlikni muddatidan avval «Yuventus»ga topshirishga aslo shoshilmang! Barchasi mavsum so‘nggida tamomila o‘zgacha ko‘rinish olishi hech gap emas.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:34, 19.10.2019.
O'qildi: 5160 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.