Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

La liga. Messi, Suares, Grizmanning gollari «Barselona»ga g‘alaba keltirdi

La liga. Messi, Suares, Grizmanning gollari «Barselona»ga g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 9-turi doirasida "Barselona" safarda "Eybar" klubi mehmoni bo‘lib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Langlening uzatmasidan Grizmann yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, darvozabonni dog‘da qoldirdi. 31-daqiqada esa Messi bir himoyachini aldab o‘tib, posbon bilan birga-bir vaziyatda gol ura olmadi. Argentinalik futbolchi darvozabonni aldamoqchi bo‘ldi, ammo Dmitrovich Leoning oyoqlari ostidan to‘pni olib qo‘ydi. Mana shu ikki vaziyatni inobatga olmaganda, "Eybar" futbolchilari birinchi bo‘limda ancha dadil harakat qilishdi.

Ikkinchi taymda esa "Barsa"ning ustunligi ancha oshdi. Mehmonlar 58-daqiqada qisqa uzatmalar orqali raqib jarima maydoniga kirib borishdi va Messi darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 12 daqiqa o‘tib Lionel darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, o‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Suaresga uzatma berdi. Luis esa darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi — 3:0.

Ushbu g‘alabadan keyin "Barselona" o‘z ochkolarini 19taga yetkazib, vaqtinchalik bo‘lsa-da jadvalda peshqadamga aylandi.

Ispaniya La ligasi. 9-tur
Eybar – Barselona 0:3 (0:1)
Gollar: 0:1 – 13 Grizmann, 0:2 – 58 Messi, 0:3 – 66 Suares.
Eybar – Dmitrovich, Oliveyra, Arbilya, Xose Anxel, Leon (Eksposito, 63), De Blasis, Alvares, Diop, Orelyana, Sharles (Kike Garsiya, 79), Enrik (Inui, 71).
Barselona – ter Shtegen, Langle, Umtiti, Alba, Serdji Roberto (Semedu, 46), Artur (Vidal, 71), de Yong (Rakitich, 79), Buskets, Suares, Grizmann, Messi.
Ogohlantirishlar: Diop (24), Sharles (24), Alvares (82), Inui (88), Eksposito (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:52, 19.10.2019.
O'qildi: 4467 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик