O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” hamda “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida “temiryo‘lchilar” bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bugun ikki jamoa ishtirokida qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Ham himoyaviy, ham hujumkor taktikaviy o‘yinni ko‘rdik. Har doim ham hujum qilayotgan jamoa himoyaviy o‘yin ko‘rsatayotgan jamoadan ustunlik qilishi qiyin bo‘lmoqda. Ketma-ket durang natijalardan keyin yigitlar xarakter ko‘rsata olganidan minnatdorman. Bugun futbolchilar maydonga chiqib, “Lokomotiv” oldin ham hozir ham va keyin ham bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yishdi. Ular g‘alabaga erisha olishlarini, muxlislarni xursand qila olishlarini isbotlay olishdi. Ikkinchi bo‘limda biz ikkinchi davradagi barcha o‘yinlardan ko‘ra ko‘proq vaziyatlar yarata oldik. Qayd etish kerak, bugun “Lokomotiv” tarkibida ikki nafar yosh yigitlar o‘ynadi. 2000 yilda tug‘ilgan yigitlarning katta imkoniyati bor va endi ushbu futbolchilar o‘z ustida ishlab, oldinga harakat qilishlari kerak.
- Ignatiy Nesterovni keyingi o‘yinlarda ham asosiy tarkibda ko‘ramizmi?
- Nesterov yetakchi. Uning qaytishini kutayotgandik. Bugun uning qaytishi bois, o‘yinni qurish ham oson bo‘ldi. U ham termada ham klubda ham kerakli inson. U o‘z jamoadoshlarini ortidan ergashtirib, o‘yinni tashkilotchiligida katta hissa qo‘sha oladi.
- Bugun o‘yinda hujumlarni yakunlaydigan futbolchi topilmayapti. Timurxo‘ja Abduxoliqovni sotib yuborish xato bo‘lmadimikin?
- Haqiqatdan ham, Timurxo‘ja biz uchun katta yoʼqotish. Biroq uning transferida bizning aloqamiz yoʼq. Bu yerda futbolchining oilaviy sabablarga ko‘ra ham klub muzokaralar olib bordi. Endi biz boshqa futbolchilarga imkon beryapmiz. Ibrohim G‘anixonov o‘tgan turda “Qizilqum” darvozasiga gol urishga erishdi. Shuningdek, bugun ikkinchi bo‘limda ham o‘zini ko‘rsata oldi. Bizda yaxshi yoshlar ko‘p. Ularni sayqallab, kelgusida asosiy jamoa uchun tayyorlash niyatimiz bor.
Legionerlar? O‘zbekistonga olib kelinayotgan futbolchilar ayrim kriteriyalarga mos tushishi kerak. Avvalo, u bizning futbolchilardan kuchli bo‘lishi kerak. Hozirda bizning tarkibimizda bo‘layotgan legoinerlarning saviyasi ham yomon emas. Ayni damda biz boshqacharoq o‘yin uslubini tanladik. Shu boisdan maydonga tushayotgan legionerlar o‘yinni kuchaytira olishi lozim. Ular sifatli bo‘lishi kerak. Mavsum yakunlanganidan keyin boshqa futbolchilar olib kelamiz va “Lokomotiv”ni kuchaytiramiz”, -deya Babayanning so‘zlarini keltirmoqda Stadion.uz jurnalisti Jaloliddin Qobiljonov.