Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

La liga. «Real» sensasion tarzda yutqazdi (videosharh)

La liga. «Real» sensasion tarzda yutqazdi (videosharh)

Baho:
+-1 | -

"Real" Ispaniya chempionatining 9-turida g‘alaba qozonib, yana birinchi o‘ringa qaytish vazifasini uddalay olmadi. Zidan jamoasi jadvalning quyi pog‘onalaridan birida borayotgan "Malyorka" maydoniga safar uyushtirib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Maydon egalarining 7-daqiqada uyushtirgan hujumi muvaffaqiyatli yakunlandi. Lago Junior jarima maydonchasiga kirdi, Odriosolani chalg‘itdi va olis burchak tomon aniq zarba berdi. Kurtua zarbani qaytara olmadi, 1:0. Oradan 7 daqiqa o‘tib "Malyorka" madridliklar darvoza tomon yana bir marta yo‘l topgan edi. Ammo ofsayd tufayli gol inobatga olinmadi.

"Qirollik klubi" butun uchrashuv davomida haqiqiy golga tortadigan bitta vaziyat yaratdi. Bahsning 27-daqiqasida Xamesning uzatmasidan keyin Benzema darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p esa to‘singa tegib qaytdi.

O‘yinning 74-daqiqasida Alvaro Odriosola ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.

Bu "Real"ning mavsumdagi La liga doirasidagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi. Shunga qaramay, Zidan shogirdlari jadvalda 2-pog‘onaga tushishdi.

Ispaniya La ligasi, 9-tur
Malyorka – Real Madrid 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 7 Lago Junior.
Malyorka – Reyna, Sastre (Lumor, 46), Valyent, Railyo, Games, Febas (Kubo, 59), Baba, Sevilya, Dani Rodriges, Budimir, Lago Djunior (Traykovski, 81).
Real Madrid – Kurtua, Odriosola, Militao, Ramos, Marselo, Xames, Isko (Rodrigo, 66), Kazemiro, Vinisius Junior (Braim Dias, 81), Yovich (Valverde, 66), Benzema.
Ogohlantirishlar: Odriosola (19), Sastre (30), Baba (90).
Chetlatish: Odriosola (74).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:44, 20.10.2019.
O'qildi: 7992 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик