«Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Kloppning 9-tur doirasidagi “qizil iblislar”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yindan keyingi aytgan gaplariga fikr bildirdi.
Germaniyalik mutaxassis APLga kelganidan buyon MYU «Old Trafford»da doim “Liverpul” jamoasiga qarshi himoyaviy uslun tanlashi haqida gapirgandi.
— «MYU» muammolar girdobida qolgan paytda “Liverpul”dek klubga qarshi uchrashuvda 5 ta himoyachi bilan o‘ynadi va raqibga aytarli imkoniyat bermadi. Kloppga menyu yoqmadi. U go‘shtni sevardi, lekin unga baliq berishdi, — dedi Mourinyu.
— «Liverpul» himoyalangan jamoaga qarshi o‘ynab o‘z o‘yin sifatini yo‘qotdi. Yurgenning g‘azabdaligi aniq. Uning jamoasi fantastik vaziyatda edi. Biroq, Klopp «Old Trafford» hech qachon g‘olib bo‘la olmagan”