Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

100 million yevro?!

100 million yevro?!

Baho:
+ | -

Futbol olamidagi so‘nggi yillarda bir nechta 100 milliondan ortiq narxga sotib olingan futbolchilarning barchasi ham ishonchni oqlay oldimi? Bugun ushbu mavzuga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 2-qism

Filippo Koutino 120 million yevro



«Barselona» uzoq muddat «Liverpul» yarim himoyachisini ko‘zlab yurgan bo‘lsada, faqatgina 2018-yildagina uning tranfseriga qo‘l urishdi. Braziliyalik futbolchi katoloniya klubi uchun 120 million yevroga tushgan bo‘lsada, hech kim uning transferning qiymati haqida o‘ylamas, barchaning Koutinodan ko‘ngli to‘q edi. Afsuski, barchasi o‘zgacha bo‘lib chiqdi. To‘gri, futbolchi qishki transferlar chog‘ida «Barselona»ga o‘tgach, mavsum so‘nggiga qadar ajoyib o‘yin namoyish etdi, biroq yangi mavsumda Koutinoni tanib bo‘lmay qoldi. Darhaqiqat, futbolchi maydonda o‘ziga mos pozisiya topa olmay qiynalavergach, sekin-asta zahiradan muqim joy ola boshladi. O‘tgan mavsumdagi «YCHL»dagi omadsizlikdan so‘ng, «Barsa» o‘z tarixidagi eng qimmat futbolchilardan biridan qutilishni o‘ylab qoldi. Katoloniya klubi qanchalar urunmasin, bu ishni uddalay olishmadi. Koutino uchun hech kim 100 million yevro to‘lashni istamadi. Oqibatda, klub uni «Bavariya»ga sotib olish sharti bilan ijaraga berib yubordi.

Killian Mbappe 135 million yevro


Fransiyalik futbolchi hozirda transfermarket sayti tomonidan dunyoning eng qimmat futbolchisi sifatida qayd etilganidan xabaringiz bor. Darhaqiqat, Mbappe yosh bo‘lishiga qaramasdan maydonda aql bovar qilmas ishlarni osonlik bajarmoqda. Fantastik tezlik, kuchli zarba va sovuqqonlik singari ustunliklarga ega futbolchi PSJ klubining eng omadi xaridi sanaladi desak, adashmagan bo‘lamiz. Shundya bo‘lsada, Mbappe jamoani bir o‘zi tortib yuradigan darajada yetakchi futbolchiga aylanganicha yo‘q. Uning ajoyib o‘yinlari ham PSJga YCHL sovrinini yutib berishda qo‘l kelmayapti. Futbolchining Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022-yilga qadar mo‘ljalangan bo‘lib, agarda Mbappe o‘z shartnomasi so‘ngiga qadar shu tempda to‘p sursa, o‘z transferini to‘liq oqlaydi. Eng muhimi u endigina 20 yoshga to‘ldi va uning kariyerasi xali oldinda. PSJ futbolchini jamoada saqlab qolsa, va uning futbolchi bo‘lib o‘sishi uchun sharoit yaratib bersa, Ronaldu va Messi davridan so‘ng, aynan Mbappe katta ehtimol bilan birinchi raqamli futbolchiga aylanadi.

Ronaldu 117 million yevro

«Real Madrid» jamoasida barcha rekordlarni yangilagan portugaliyalik futbolchi «Yuventus» klubiga o‘tgach, o‘z faoliyati davomida eng kamtarin mavsumni o‘tkazdi. Qahramonimiz «Yuventus»ni uzoq kutilgan YCHL g‘olibligiga yetaklay olmagan bo‘lsada, jamoasi uchun juda katta mablag‘ ishlab berishga muvaffaq bo‘ldi. Ronaldu nomi tushirilgan futbolkalar sotuvining o‘zidanoq klub bir sutka davomida 27 million yevro ishlab olganini inobatga olsak, «Yuventus» Ronladuning transferidan katta daromad oldi. Shunday bo‘lsada, klub muxlislari Krishtiyanudan uzoq kutilgan YCHL g‘olibligini kutishmoqda. O‘tgan mavsumda futbolchining «Atletiko Madrid» darvozasiga kiritgan 3 ta golini inobatga olmasa, aytarli hech qanday karomat ko‘rsatganicha yo‘q. Bu mavsumda Krish o‘zi uchun noqulay pozisiyada harakat qilib bo‘lsada, jamoasi uchun yordam berishga bel bog‘lagan. Hozircha uning transferi borasida fikr bildirishga erta.

Antuan Grizman 120 million (Bonuslar bilan)



«Atletiko Madrid» klubida uzoq muddat top darajadagi futbolchiga aylanishni orzu qilgan qahramonimiz o‘zi istagan darajaga ko‘tarila olmadi. To‘g‘ri, terma jamoa safida Mundialda g‘olib chiqishni uddaladi biroq, dunyoning birinch raqamli futbolchisi bo‘lishni uddalay olgani yo‘q.


Aynan shu maqsadda «Barselona» safiga o‘tgan qahramonimiz mavsum boshida sermahsullik namoyish etgan bo‘lsada, Leo jamoaga qaytgach, yana ikkinchi planda qolib ketishni boshladi. Eng achinarlisi shundaki, Grizman yangi jamoadoshlari bilan til topishib ketishda qiylanmoqda. Bu esa, uning o‘yinlariga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmayapti. Katta ehtimol bilan  Antuan Messining soyasida qolib ketadigan ko‘rinadi. Hozirda futbolchi «Barselona»ning yangi yetakchisi emas, Messining yangi jangchisiga aylanib qoldi. Ushbu qobig‘ni yorib o‘tish uchun esa, unga ancha vaqt talab etiladi.

Eden Azar 130 million yevro (Bonuslar bilan)



Belgiyalik futbolchi o‘zining iqtidorini yangi darajaga olib chiqish uchun aynan «Real Madrid»ni tanlagan bo‘lsada, barchasi tamomila boshqa tomonga burulib ketdi. Azar Madridda yangi 7-raqam egasi sifatida kutilgani uchun katta bosim ostida qolib ketdi. Barcha undan har uchrashuvda gollar kuta boshladi. Bu esa, futbolchining ruhiy xolatini izdan chiqardi. Agarda «Real Madrid» futbolchining transferi uchun 130 million yevro to‘lamaganida, balki o‘yin amaliyotidan ham mosuvo qolishi mumkin edi. Azar qanchalar iqtidorli bo‘lmasin, u yangi Ronaldu bo‘lishni uddalay olmayapti.

Joa Felish 120 million yevro



Antuanning klubdan ketishi «Atletiko Madrid»da Felishning davri boshlanishiga sabab bo‘ldi. Shu o‘rnda «matraschilar»ning topqirligiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q. Klub uzoq muddat jamoa yetakchisi sanalgan Grizmanning o‘rnini ortiqcha qiyinchiliksiz to‘ldirishning uddasidan chiqdi.

19 yoshlik Joa Felish so‘nggi o‘yinlarda futbolchi sifatida o‘sishga erishgani ko‘zga tashlanib turibdi. Bundan tashqari, Joa o‘sishda davom etmoqda va kelajakda klub uni yanada qimmatroqqa pullashi mumkin. Umumiy qilib aytganda, Felish o‘sishdan to‘xtab qolmasa, klub uchun o‘z transferi ortig‘I bilan oqlashga qodir.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:42, 21.10.2019.
O'qildi: 4944 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.