«Manchester Siti» klubining Ukrainalik futbolchisi Aleksandr Zinchenko operasiya qilindi.
Futbolchi o‘zining instagram sahifasida kasalxonada yotgan rasmini joyladi.
«Qaytish yo‘lidaman», - deb izoh qoldirdi surati ostiga.
Eslatib o‘tamiz, 22 oktyabr kuni Zinchenko «shaharliklarning» «Atalanta» (5:1) jamoasiga qarshi uchrashuv qaydnomasidan joy olmagandi. Keyinroq «Siti» rasmiy sayti futbolchi tizzasidan jarohat olganligi haqida xabar tarqatgandi.













