Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Tomas Myuller qishki transfer bozorida jamoani tark etishi mumkin.
Manbaning aytishiga qaraganda, agar uning asosiy tarkibda tutgan o‘rni muhim bo‘lmasa, u holda Myuller jamoani tark etadi. U zahira o‘rindig‘ida qolib ketayotganidan norozi bo‘lmoqda.
30 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatiga «Manchester Yunayted» va «Inter» klublari qiziqish bildirishmoqda.













