Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb

Shota Arveladze: «Ertaga revansh olmoqchimiz»

Shota Arveladze: «Ertaga revansh olmoqchimiz»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushadi. "Samarqand darvoza" majmuasida kubok finali oldidan matbuot anjumani boshlanmoqda. Anjumanning birinchi qismida “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze, futbolchilar Yegor Krimes, Jalol Masharipov, Igor Sergeev va Odil Hamrobekov ishtirok etdi.

Shota Arveladze: Birinchi navbatda tashkilotchilarga futbolga oid tadbir nafaqat stadionda, balki shunday joyda o‘tkazilayotgani uchun rahmat aytaman. Biz ham omma oldiga boramiz. Yigitlarga ajoyib o‘yin va natijalar uchun minnatdorchilik bildiraman. Muxlislarga ham katta rahmat. O‘tgan yili ushbu raqibga finalda imkoniyatni boy bergandik. Biz o‘yinga jiddiy tayyorlandik. Ertaga g‘alaba qozonishni istaymiz.

Jaloliddin Masharipov: Qo‘llab-quvvatlab turganingz uchun katta rahmat. Ko‘p odam oldida gapirishga doim hijolat bo‘laman. Rahbariyat oldimizga 3ta kubokni yutishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Ertaga kelilar va qo‘llab-quvvatlang. OCHLda ko‘rsatgan o‘yinlarimizdan birini ko‘rsatishga haraqat qilamiz.

Odil Hamrobekov: Ertaga bo‘ladigan o‘yinni hamma qatori kutyapman. Ertangi o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Yegor Krimes: Ko‘p gapirishni xohlamayman. Tashkilotchilarga katta rahmat aytmoqchiman. Hammasini ertaga maydonda ko‘rsatamiz.

Odil Hamrobekov: Ertangi qarama-qarshilikka keladigan bo‘lsak. Boydullayev oldin menga ko‘p narsalar o‘rgatgan. Ammo ertaga maydonda jang qilamiz.

Shota Arveladze: O‘yin qayerda bo‘lishini ahamiyati yo‘q. Muhimi maydon sifati yaxshi bo‘lsa bo‘lgani. Umid qilaman, ertaga stadion to‘ladi. Maydon ham yaxshi holatda bo‘ladi degan umitdaman.

Ertangi o‘yinda asosiy tarkibni maydonga tushiramiz. Nafaqat ertaga balki barcha o‘yinlarda asosiy tarkibni maydonga tushiramiz.

Odil Hamrobekov: Ertaga borimizni berib o‘ynashga harakat qilamiz. Bayram davom etadi...

Jaloliddin Masharipov: “Lokomotiv”da kubok yutganman. Lekin sovrinlarim “Paxtakor”da boshlangan. Hozirda futbolchilar optimal formada. Ertaga g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:43, 25.10.2019.
O'qildi: 3143 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик