Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Futzal. Terma jamoamiz Tojikistonni yirik hisobda mag‘lub etdi

Futzal. Terma jamoamiz Tojikistonni yirik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Eronda futzal bo‘yicha Osiyo chempionatining Markaziy va Janubiy mintaqasi bo‘yicha saralash bahslari yakunlandi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi so‘nggi turda Tojikistonga qarshi maydonchaga chiqdi. Uchrashuvning dastlabki 3 daqiqasi ichida qo‘shnilarimiz futbolchisi Bahodur Xo‘jayev darvozamizga ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib vakillarimiz tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi va tanaffusga qadar raqib darvozasiga 5ta to‘p kiritishdi.

Ikkinchi taymda esa ustunlik Bahodir Ahmedov shogirdlari tomonida bo‘ldi va terma jamoamiz 9:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralash bosqichining har uchala bahsida g‘alaba qozonib, 9 ochko jamg‘argan holda guruhda 1-o‘rinni egalladi.

Qit’a chempionatining final bosqichi 2020 yilning 24 fevral - 10 mart kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‘tkaziladi. Futzal bo‘yicha jahon chempionati esa 2020 yilning 12 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar Litva mamlakati o‘tkaziladi. Osiyodan 5ta terma jamoa Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Futzal: Osiyo chempionati-2020 saralashi
Markaziy va Janubiy mintaqa | “A” guruhi
O‘zbekiston – Tojikiston 9:3 (5:2)
Gollar: Akbar Usmonov (8, 16), Husniddin Nishonov (15), Dilshod Rahmatov (18), Davron Choriyev (19, 26, 28), Xushnur Erkinov (26), Dilmurod Shavkatov (29) - Bahodur Xo‘jayev (1, 3), Rahmonali Sharipov (31).
O‘zbekiston: 12.Ravshan Eliboyev, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhomjon Xamroyev, 8.Xusniddin Nishonov, 14.Sunnatullo Jo‘rayev.
Zaxira: 1.Rustam Umarov, 2.Xushnur Erkinov, 3.Mashrab Adilov, 5.SHahzod Sadiyev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Dilmurod Shavkatov, 10.Davron Choriyev, 11.Akbar Usmonov, 13.Dilmurod Jumayev.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:54, 25.10.2019.
O'qildi: 3727 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.