Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

O‘FA vakillari Surxondaryoda futbol ob’ektlarini ko‘zdan kechirishdi

O‘FA vakillari Surxondaryoda futbol ob’ektlarini ko‘zdan kechirishdi

Baho:
+ | -

O‘FA mutaxassislar guruhi respublikamizdagi futbol akademiyalari, infratuzilma, bolalar va o‘smirlar futboli hamda ommaviy futbolga qaratilayotgan e’tiborni o‘rganib chiqishmoqda.

Asosiy maqsad ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha holatni faqatgina qog‘ozda yoki raqamlarda emas, balki bevosita joyiga, chekka xududlar, qishloqlarga borib o‘rganib chiqish hamda tegishli choralarni ko‘rishdan iborat. Aynan shu niyatda O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov va mas’ul mutaxassislar Surxondaryoda bo‘lishdi. Ushbu vohada o‘zbek futbolining ko‘plab yulduzlari yetishib chiqqan. Ularni tarbiyalab bergan futbol maktablari, akademiyalar, jamoalar faoliyati o‘rganib chiqildi.

Xususan, Termiz tumanidagi futbol akademiyasi, Termiz olimpiya zaxiralari sport maktabi, Jo‘raqo‘rg‘on tumanidagi BO‘SM faoliyati ko‘zdan kechirildi va futbol seksiyalari darajasini oshirish va rivojlantirish rejasi tuzildi. Bugungi kunda o‘zbek futbol yulduzi bo‘lmish Eldor Shomurodov ham aynan Jarqo‘rg‘on tumanida voyaga yetganini va futbolimiz mutasaddilari terma jamoamiz a’zosi xonadonida bo‘lib, oila a’zolari bilan uchrashishdi.

Shuningdek, Denov tumanida ham futbol maktabi barpo etish bo‘yicha sport kolleji hududi ko‘rib chiqildi. O‘FA vakillari Surxondaryo futbol assosiasiyasida ham bo‘lishdi va viloyat futboli borasidagi vaziyatni to‘liq o‘rganib chiqishdi. Shuningdek, futbolni rivojlantirish rejalarini muhokama qilish maqsadida Ravshan Ermatov Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Abdiyevich Bobolov bilan uchrashdi va xududda futbolni yangi darajaga olib chiqish borasida fikr almashishdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:50, 25.10.2019.
O'qildi: 1941 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.