Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

«Bavariya» g‘alaba qozonib, Bundesliga peshqadamiga aylandi, «Borussiya D» esa ochko yo‘qotdi

«Bavariya» g‘alaba qozonib, Bundesliga peshqadamiga aylandi, «Borussiya D» esa ochko yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Germaniya Bundesligasining 9-turi doirasida 26 oktyabr, shanba kuni 5 ta o‘yin yakunlandi.

Niko Kovach qo‘l ostidagi Myunxenning «Bavariya» klubi «Alyans Arena» stadionida «Union Berlin»ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida «qizillar» a’zolari Benjamen Pavar (13) va Robert Levandovski (53) urgan gollarga mehmonlar germaniyalik hujumchi Sebastyan Polterning 86-daqiqada penaltidan urgan goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa? «Bavariya» o‘z maydonida kechgan bahsda «Union Berlin»ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng myunxenliklarning ochkosi 18 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida peshqadamga aylandi. 15-o‘rinda borayotgan «Union Berlin» hisobida esa 7 ochko mavjud.

Shu kuni Lyusyen Favr boshqaruvidagi Dortmundning «Borussiya» klubi mehmonda «Shalke-04»ga bilan o‘ynadi. O‘yinda darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, «arilar» 16 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinni band qilib turibdi. «Shalke-04» esa 15 ochko to‘plab 7-o‘rindan joy olgan.

Bundesliga, 9-tur
26 oktyabr, shanba
«Bavariya»—«Union Berlin» 2:1
Gollar: 1:0 — 13 Pavar, 2:0 — 53 Levandovski, 2:1 — 86, penalti Polter

«Herta»—«Hoffenhaym» 2:3
Gollar: 0:1 — 33 Lokadiya, 0:2 — Kramarich, 1:2 — 55 Lukebakio, 2:2 — 69 Kalu, 2:3 — 79 Xyubner

«Frayburg»—«Leypsig» 2:1
Gollar: 1:0 — 45 Xefler, 2:0 — 90 Petersen, 2:1 — 90 Klostermann

«Shalke-04»—«Borussiya D» 0:0

«Paderborn»—«Fortuna D» 2:0
Gollar: 1:0 — 43 Sabiri, 2:0 — 64 Shonlau

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:34, 26.10.2019.
O'qildi: 3031 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик