Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Odil Hamrobekov: "Masharipov – jamoamizning Ronaldusi"

Odil Hamrobekov: "Masharipov – jamoamizning Ronaldusi"

Baho:
+ | -

Bugun bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogi final uchrashuvidan so‘ng, «Paxtakor» futbolchisi Odil Hamrobekovni suhbatga tortdik.

Assalomu alaykum, bugungi g‘alaba muborak bo‘lsin. Uchrashuv haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsangiz
O‘ylashimcha muxlislarimizga manzur keladigan hujumkor va qiziqarli futbol namoyish etdik.

Shu o‘rinda taqdirlash marosim tashkilotchilariga alohida rahmat aytib qolaman. Hammasi juda chiroyli bo‘ldi. Oldimizga qo‘yilgan 2-vazifani uddaladik. Yigitlarni tabriklayman.

Terma jamoadan chaqiruv oldingiz, biroq Abramov yakuniy ro‘yxatga sizni kirtmadi. Bunga qanday izoh bera olasiz?

Avvalambor bu terma jamoa va bu yerda insonning emas, xalqning manfa’ti birinchi o‘rinda turadi. Agarda, murabbiylar meni jamoaga keraksiz deb hisoblashsa, men ularning qarorlarini hurmat qilaman. Eng muhimi biz ikkita uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlab 1-o‘ringa ko‘tarilib oldik. Asosiysi shu. Terma jamoa mensiz yoki boshqa futbolchisiz ham terma jamoa bo‘lib qolaveradi.

Nima deb o‘ylasiz siz kabi tayanch yarim himoyachisi uchun Abramovning taktikasida joy yo‘qmi?

To‘g‘risi, menga hech kim bu borada izoh bergani yo‘q. Murabbiylar shtabi o‘z intervyularda mening terma jamoa lageridan ketganimni siz aytgan sabab bilan bog‘langanini eshdim. Abramov qo‘l ostida mashg‘ulotlarda ishitirok etdim va uning o‘yin uslubi bilan tanishdim. O‘ylashimcha uning taktikasida mening pozisiyamda to‘p suradigan futbolchilarga ehtiyoj bor.

Abramov va Arveladzening o‘xshash tomonlari bormi?

Bu murabbiylar o‘xshash tomonlari juda ko‘p. Ulardan eng muhimi Abramov ham, Arveladze ham hujum qilishni yoqtiradi. 
Ular uchun tablodagi natija emas, shogirdlari qanday o‘yin namoyish etayotgani birinchi o‘rinda.

Nima deb o‘ylaysiz, Vadim Abramovning mahorati terma jamoamizni JCHga olib chiqishga yetadimi?

O‘ylashimcha, yigitlar qattiq mehnat qilishsa, o‘z kuchlariga to‘liq ishonib maydonga tushsa, bu vazifani uddalasa bo‘ladi.

Yakunlanayotgan mavsum davomida «Paxtakor» jamoasi uchun eng qiyin o‘tgan o‘yin qaysi jamoaga qarshi bo‘ldi?

«Super Liga» doirasidagi uchrashuvda o‘z uyimizda «Nasaf»ga qarshi bahsda juda qattiq qiyinchilikka uchragan edik. Qarshiliklar himoyada juda ishonchli o‘ynab, bir necha bor havfli vaziyatlar yaratishgan, o‘yinning so‘nggi soniyalariga qadar konsentrasiani saqlab turishga majbur qilishgan edi.

Bu mavsumda «Paxtakor» OCHLda guruhdan chiqa olmadi. Sizningizcha keying mavsumda boshqacharoq o‘yin uslubida to‘p surish kerakmi? Yoki klubning hozirgi o‘yin falsafasini takomillashtirish shartmi?

Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, biz OCHLdagi omadsizligimizga o‘yin uslubining aloqasi yo‘q. Biz o‘zimizning xatolarimiz tufayli guruhdan chiqa olmadik. Bu mavsumdagi OCHL o‘yinlari biz uchun ulkan tajriba maktabi bo‘ldi. Yangi mavsumda o‘z xatolarimiz ustida ishlab, yanada kuchliroq «Paxtakor»ga aylanamiz.

«Paxtakor» jamoasidagi eng hazilkash futbolchi kim?

Paxtakor» jamoasidagi eng hazilkash futbolchi kim?
Menimcha Jalol! U doim hamma bilan so‘zlashishni, barchaning e’tiborini o‘ziga qaratishni xush ko‘radi. Masharipov – jamoamizning Ronaldusi. Kiyinish xonasida ham hammaning kayfiyatini aynan Jaloliddin Masharipov ko‘taradi desak, adashmagan bo‘laman. U bo‘sh qoldi deguncha, hamma bilan hazilashishni xush ko‘radi

Ya . U

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:52, 27.10.2019.
O'qildi: 3462 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.