Kirish Ro'yxatdan o'tish

Domeniko Tedesko: "Spartak”ning salohiyati yuqori"

Domeniko Tedesko: "Spartak”ning salohiyati yuqori"

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Moskvaning “Spartak” klubi “Moskva derbisi”da "Lokomotiv" (3:0) jamoasi ustidan qozongan g‘alabasi “qizil-oqlar”ga qo‘shimcha kuch bag‘lashini aytib o‘tdi "Spartak" klubi bosh murabbiyiDomeniko Tedesko.

"Nafaqat har bir ijobiy natija, balki, chiroyli o‘yin ham bizga ishonch bag‘ishlaydi, - Tedeskoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda TASS. – Bizda RPLda ketma-ket beshta uchrashuvda g‘alaba qozongan “Lokomotiv” klubini ishonchidek ishonch yo‘q edi.Biroq, natijadan hayron bo‘lmadim, chunki biz ajoyib o‘yin o‘tkazdik, asosiysi uch ochkoni qo‘lga kiritdik".

"Biz to‘rt va besh himoyachi bilan ham o‘ynashimiz mumkin. Bugun beshta himoyachi bilan ajoyib o‘yin ko‘rsatdik, “Rubin”ga qarshi uchrashuvda ham to‘rtta himoyachi bilan yomon o‘yin ko‘rsatmagandik. Ilya Kutepov uchinchi himoyachi bo‘lib o‘ynadi, chunki u so‘nggi paytlarda yaxshi harakat qilayotgan edi.Ko‘ramiz, "Rostov" klubiga qarshi qanday taktika ostida maydonga tushamiz. Bizda “Rostov”ni o‘yinini tahlil qilish uchun vaqtimiz bor", - dedi "Spartak" klubi bosh murabbiyi.

Shuningdek, Tedesko jamoada katta salohiyat bor ekanligini qo‘shimcha qildi: "Albatta, "Spartak" klubi umidsiz emas, o‘zimizga kelib olishimiz uchun ozroq vaqt talab etilardi. Biz dekabr oyining so‘nggiga qadar ochkolarni qo‘lga kiritishimiz shart. Jamoaning salohiyati yuqori ekanligini bugun amalda isbotladik", - dedi 32 yoshli mutaxassis.

“Спартак” клубини қабул қилиб олган пайтда Россия футбол жамоатчилиги 32 ёшли мутахассисни кескин танқид остига олишган эди. “Спартак” Тедеско қўл остида иккита учрашув ўтказиб, 4 очко жамғаришга муваффақ бўлди. Асосий рақиб –“Локомотив” йирик ҳисобда таслим этилди!

Kiritildi: 12:14, 28.10.2019.
O'qildi: 1887 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.