Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

“Feyenord” muxlislari nega klub avtobusiga hujum qildi?

“Feyenord” muxlislari nega klub avtobusiga hujum qildi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Gollandiyaning “Feyenord” klubi muxlislari “Ayaks” (0:4) klubiga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, klub avtobusiga hujum qilishdi.

“Feyenord”joriy mavsumni omadsiz boshladi, jamoa hozirgi kunda 11 uchrashuv o‘tkazib, 14 ochko jamg‘ardi.

Kecha rotterdamliklar safarda “Ayaks” klubiga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Qiziqarlisi, uchrashuvdagi gollarning barchasi birinchi bo‘limda kiritildi.

Shundan so‘ng, muxlislar "1908" mashg‘ulot maydoni yonida klub avtobusiga turli xil buyumlar uloqtirishib, Yap Stamning iste’fosini shu tarzda talab qilishdi.

Bir qator futbolchilar norozilik uyushtirayotgan muxlislar bilan muzokara olib borish avtobusdan chiqishdi. Leroy Fer dedi: "Biz ham mag‘lubiyat uchun Sizlardek g‘azabdamiz". Stamning o‘zi muxlislar bilan suhbatlashishni istamadi.

“Feyenord”klubi keyingi uchrashuvni “Venlo” klubiga qarshi safarda 3 noyabr kuni o‘tkazadi.

Kiritildi: 18:24, 28.10.2019.
O'qildi: 1596 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.