Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

«Dinamo» Jizzaxdagi 5 yillik yoqimli an’anani davom ettira oladimi?

«Dinamo» Jizzaxdagi 5 yillik yoqimli an’anani davom ettira oladimi?

Baho:
+ | -

Superliga 22-turi doirasidagi e’tiborli uchrashuvlardan biri Jizzaxda “So‘g‘diyona” va “Dinamo” o‘rtasida kechishi kutilmoqda. Qo‘shni viloyatlarning bosh jamoalari qarama-qarshiligida “So‘g‘diyona” 3-o‘rin uchun 3 ochkoga intilsa, “Dinamo” ligada qolish uchun kurashda safarda muvaffaqiyatli to‘p surishi lozim.

Superliga / 23-tur 29 oktyabr, seshanba

SO‘G‘DIYONA – DINAMO

Hakam: Sherzod Qosimov

O‘yin boshlanish vaqti: 17:00

TV-translyasiya: Sport TV

O‘zaro o‘yinlar tarixi: Ustunlik «Dinamo»da

Samarqand va Jizzax viloyati sharafini himoya qiluvchi ushbu klublar 1992 yili start olgan O‘zbekiston chempionati tarixida 39 marta o‘zaro maydonga tushishgan. Bu borada ustunlik “Dinamo”da. Samarqand jamoasi o‘zaro o‘yinlarda Jizzax klubini 18 marta mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 13 marta “Dinamo”ni mag‘lub etgan. 8 marta o‘yin durang natija bilan yakunlangan. “Dinamo”ning “So‘g‘diyona” ustidan qozongan eng yirik g‘alabalari 4:0 va 3:6 bo‘lsa, jizzaxliklarning eng yirik g‘alabasi 3:1 hisobidagi g‘alaba sanaladi.

Jizzaxda o‘tgan o‘zaro so‘nggi uchrashuvlar:

30.09.2017 «So‘g‘diyona» - «Dinamo» 0:0

01.10.2015 «So‘g‘diyona» - «Dinamo» 1:2

29.03.2014 «So‘g‘diyona» - «Dinamo» 1:3

26.05.2013 «So‘g‘diyona» - «Dinamo» 4:3

05.03.2011 «So‘g‘diyona» - «Dinamo» 0:0

14.06.2009 «So‘g‘diyona» - «Dinamo» 3:1

18.11.2008 «So‘g‘diyona» - «Dinamo» 1:1

Joriy yilgi o‘zaro o‘yinlar

“Dinamo” 2019 yilgi mavsumda Superliga 1-davrasida va Liga Kubogi doirasida “So‘g‘diyona” bilan uchrashdi. Ushbu bahslarda “Dinamo”chilar g‘alaba qozonishgandi.

Superliga. 4-tur. 13 aprel

“Dinamo” – “So‘g‘diyona” - 1:0

Gol: Qadamboy Nurmetov, 51 (1:0).

Liga Kubogi. 2 iyul, 2019 yil.

“So‘g‘diyona” – “Dinamo” – 0:3

Gollar: Shohruh Abdurahmonov 20, Sanjar Baratov 82, Sardor Eminov 90+2.

Uchrashuv bosh hakami haqida fakt...

Bosh hakam Sherzod Qosimov boshqargan uchrashuvlarda "Dinamo" hozircha g‘alaba qozona olmayapti. E’tiborlisi, PFL ketma-ket 4-marta Sherzod Qosimovni "Dinamo"ning safardagi o‘yinlariga tayinlamoqda. Samarqanddagi bahslarda esa Qosimov bu yil umuman ishlamagan. Afsuski, Sherzod Qosimov boshqargan bu yilgi 3 uchrashuvdan 3 tasida ham "Dinamo" mag‘lub bo‘lgan. Ayniqsa, Termizda "Surxon" va so‘nggi safar o‘yinida "Navbahor" bilan uchrashuvda Sherzod Qosimov darvozamiz tomon penalti belgilagandi. Qolaversa, Qadamboy Nurmetovni maydondan chetlatgandi. Umid qilamizki, bu safar "Dinamo" bu faktni yo‘qqa chiqaradi.

Eski tanishlar...

“Dinamo” va “So‘g‘diyona” tarkibida bir qator futbolchilar borki, ular avval Samarqand yoki Jizzax klubi sharafini himoya qilishgan. Xususan, “Dinamo” tarkibidagi Shohruh Eshbo‘tayev, Akmal Xolmurodov, Sardor Eminov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Bobur Qosimov singari futbolchilar oldingi mavsumlarda Jizzax klubi safida to‘p surishgan.

Jizzax jamoasidan esa hujumchi Ivan Nagayev 2011-12 yilgi mavsumlarda “Dinamo” sharafini himoya qilgan.

“Dinamo” klubi matbuot xizmati.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 09:31, 29.10.2019.
O'qildi: 1665 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.