Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya

Bugun «Nasaf» OFK kubogi g‘olibiga aylangan kun

Bugun «Nasaf» OFK kubogi g‘olibiga aylangan kun

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2011 yil 29 oktyabr kuni OFK Kubogi bosh sovrinini "Nasaf" qo‘lga kiritgandi.

"Nasaf" jamoasi 2011 yilgi mavsum davomida OFK kubogida ko‘tarinki ruhda qatnashishgandi. Anatoliy Demyanenko shogirdlari guruh va pley-off bosqichini ancha ishonchli o‘tkazib turnirning hal qiluvchi bahsiga qadar yetib borishadi.

Qur’aga ko‘ra final bahsi Qarshi shahrida o‘tkazildi. Finalga juda katta tayyorgarlik ko‘rgan qarshiliklar Kuvaytning “Kuvayt SK” jamoasini 2:1 hisobida dog‘da qoldirib, OFK kubogi g‘olibiga aylangandilar.

Esingizda bo‘lsa, qarshiliklar o‘shanda Quvaytning "Quvayt SK" klubiga qarshi Qarrshidagi “Markaziy” stadionda bahs olib borishgandi. Bungacha Quvayt jamoasi uch marta finalda ishtirok etgan bo‘lsa, "Nasaf" endi birinchi bor chiqqandi.

"Nasaf" guruh o‘yinlaridayoq o‘zini ko‘rsatishni boshlagan. Bu jamoa o‘z guruhida "Dempo" (Hindiston), "Al Ansar" (Livan) va "Al Tilol" (Yaman) klublariga qarshi bahs olib borgandi. Shunisi e’tibor molik, "Nasaf" guruhdagi hamma o‘yinlarni o‘z foydasiga hal qilgan.

"Nasaf" guruh bosqichida raqiblar darvozasiga 30ta gol urib, o‘z darvozasidan atigi to‘rtta to‘p o‘tkazib yuboradi. Eng yirik hisob "Dempo" bilan o‘yinda qayd etilgan - 9:0. Jamoaning chernogoriyalik hujumchisi Ivan Boshkovich barcha o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatib, sakkiz bor to‘p kiritishga erishadi.

"Nasaf" guguhdan chiqqach, keyingi bosqichda "Al Faysali"ga qarshi bahs olib boradi. Jamoaning finaldagi raqibi "Quvayt SK" o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, nimchorak finalda "Al Qodisiya"ga duch keladi. Bunda "Nasaf" o‘z raqibini 2:0 hisobida mag‘lub etadi. "Quvayt SK" esa 2:2 o‘ynab, faqat penaltilar seriyasiga ko‘ra 3:2 hisobida g‘alabaga erishadi.

Chorak finalning birinchi o‘yinida "Nasaf" Tailandga safar qiladi va "Chonburi"ni 1:0 hisobida mag‘lub etib qaytadi. Yagona gol Ivan Boshkovich tomonidan kiritiladi. Javob o‘yinida esa "Chonburi" ham shu hisobda zafar quchadi va ish oxir-oqibat penaltilar seriyasiga borib taqaladi. Tailandlik mashhur futbolchi Terdsak Chayman penaltidan foydalana olmaydi, "Nasaf" esa barcha zarbalarni golga aylantirib yarim finalga yo‘l oladi.

Buni qarangki, "Quvayt SK" ham chorak finalda Taidland klubi qarshi bahs olib boradi. Raqib - "Muangtong Yunayted". Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra quvaytlar 1:0 hisobida zafar quchishadi. Yarim finalda "Nasaf" Iordaniyaning "Al Vihdat" klubi bilan o‘ynaydi. Jamoa uyda 1:0 hisobida zafar quchib, safarda 1:1 o‘ynaydi. Quvayt klubi esa yarim finalda Iroqning "Arbil" jamoasini musobaqadan chiqarib yuboradi.

Nihoyat jamoalar hal qiluvchi finalga yetib kelishadi. Shu kuni Qarshi stadioni muxlislar bilan to‘lib toshadi. O‘yinning birinchi taymida hisob ochilmaydi. Tanaffusdan so‘ng Ilhom Shomurodov gol urib, jamoasini oldinga olib chiqadi. Keyinchalik oradan uch daqiqa o‘tib latviyalik Andrey Pereplyotkin hisobni 2:0ga yetkazadi. Quvaytliklar ham gol urishning uddasidan chiqishadi, lekin bu yetarli bo‘lmaydi va natijada "Nasaf" finalni 2:1 hisobida o‘z foydasiga hal etib, bosh sovrin sohibi bo‘ladi.

Uchrashuv yakuniga yetgach, "Nasaf" jamoasiga tantanali ravishda kubok topshiriladi, shuningdek Ivan Boshkovich "Eng yaxshi to‘purar", Artur Gevorkyan esa "Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi" sovrinini tashkilotchilardan qabul qilib oladi.

Anatoliy Demyanenko. Bu mutaxassis o‘zbek klublariga xalqaro musobaqada sovrin yutib bergan ilk va yagona murabbiy bo‘lib turibdi. Hech kim bilmasligi mumkin, ammo aynan Demyanenko o‘sha paytda OFK kubogida Eldorbek Suyunovga ishonch bildirgandi. 20 yoshli iqtidorli posbonga xalqaro maydon havosidan nafas olishga imkoniyat yaratib bergandi.
Tarixiy o‘yin qaydnomasi:

OFK kubogi - 2011.

Final.

2011 yil, 29 oktyabr. Qarshi. "Markaziy" stadion. 15753 tomoshabin.

Hakamlar: Kim Don Jin, Jeon Xayi San, Li Jun Min (Janubiy Koreya).

Gollar: Shomurodov, 62 1:0. Pereplyotkins, 64 2:0. Kabi, 69 2:1.

Nasaf - Murodjon Zuhurov, Botir Qorayev (s), Boyan Malishich, Maqsud Karimov, Jahongir Jiyamurodov, Lutfulla To‘rayev, Erkin Boydullayev, Andrey Pereplyotkins, Artur Gevorkyan, Ilhom Shomurodov (Fozil Musayev, 84), Ivan Boshkovich (Artyom Filiposyan, 90+4).

Kuvayt SK-Xolid Fadhli, Yoqub Tohir, Fahad Avad, Rafat Jobir, Husayn Shammari (Ali Alkandari, 81), Lassana Fane, Rojerio, Ahmad Saboh (Abdulloh Buraiki, 61), Nosir Al Qahtoni, Xolid Shammari, Landri Kabi.

Uchrashuv komissari: Abdul G‘afur Hamid (Maldiv orllari).

Ogohlantirish: Kabi, 26. Ahmad Saboh, 35. Husayn Shammari, 49. Zuhurov, 88. Malishich, 89.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 18:09, 29.10.2019.
O'qildi: 4604 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.