Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Tachmurod Agamurodov: «Futbolchilar mag‘lubiyatlar sabab bosimdan chiqa olishmayapti...»

Tachmurod Agamurodov: «Futbolchilar mag‘lubiyatlar sabab bosimdan chiqa olishmayapti...»

Baho:
+ | -

“So‘g‘diyona” – “Dinamo” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov o‘yin borasida fikr bildirdi.

"Jamoamizning bugungi o‘yinidan aslo qoniqmadim. Maydonda hech bir harakatimiz natijali bo‘lgani yo‘q. Jamoa ketma-ket mag‘lubiyatlar sababli kuchli bosimdan qutila olmayapti. Omadsizliklar jamoa ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi aniq. Shu bois maydonda ham yigitlar o‘zlarini ko‘rsata olishmayapgan bo‘lishlari mumkin. Birinchi bo‘limda durang qayd etilgan bo‘lsa-da, ikki taymda ham o‘yinimizning darajasidan umuman qoniqmadim. Jamoaning ligada tushib ketish xavfi ostida ekanligi bosim ostida qoldirmoqda. Qolaversa, “Dinamo”da tajriba yetishmayotgani ko‘rinib turibdi. Raqib jamoani bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. “So‘g‘diyona” bejizga 3-o‘rin uchun kurashmayotganligini ko‘rsatdi.

Imkoniyat qoldimi? Ha, imkoniyat so‘nggi turlargacha bo‘ladi. Ammo biz kurashib, ochkolarni olishimiz shart. Uchta tur qoldi, oxirigacha kurashamiz", - dedi Tachmurod Shamakovich.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 20:28, 29.10.2019.
O'qildi: 2351 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик